Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

No‘xat o‘simligida don 
rangi va shaklining
 irsiylanishi.
ota-ona organizm
Gametalar
Birinchi bo‘g‘in
(F
1
)
Ikkinchi bo‘g‘in
(F
2
)
Gametalar
50­ rasm.
http:eduportal.uz


140
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
chatishtirishda genlarning turli kombinatsiyalari natijasida belgilar-
ning mustaqil holda taqsimlanishi, agarda juft allel genlar har xil 
gomologik xromosomalarda joylashgan bo‘lsagina amalga oshadi.
Mendelning uchinchi qonuni – belgilarning mustaqil holda 
irsiylanish qonuni deb ataladi.
Mendelning uchinchi qonunini quyidagicha izohlash mumkin: 
ikki yoki undan ortiq juft muqobil belgilari bilan farq qiladigan ota-
ona organizmlar o‘zaro chatishtirilganda, genlar va unga mos bel-
gilar bir-biridan mustaqil holda irsiylanadi. 
Mendel qonunlaridan foydalanib, ajralishning bir muncha mu-
rakkab hollarini uch, to‘rt va undan ham ko‘proq juft belgilari bilan 
farq qiladigan duragaylardagi ajralish hollarini ham tushunib olsa 
bo‘ladi. Agar ota-ona organizm bir juft belgisi bilan farq qilsa, ik-
kinchi bo‘g‘inda ajralish 3:1, diduragay chatishtirishda esa 9:3:3:1 
nisbatda ajralishi kuzatiladi.
Poliduragaylardagi gametalarning umumiy sonini hisoblash 
formulasi – 2n, n – genotipdagi geterozigota juft genlarning soni 
(Aa) duragayda ikki xil gameta; AaBb duragayda esa to‘rt xil tip-
dagi gameta hosil bo‘ladi. AaBbCc – triduragayda sakkiz xil tipda-
gi gameta hosil bo‘ladi.
Tahliliy chatishtirish. Mendel tomonidan ishlab chiqilgan ir-
siyatni o‘rganishning duragaylash usuli dominant genga ega 
bo‘lgan fenotipli organizmlarni genotipi gomozigota yoki geterozi-
gota ekanligini aniqlash imkonini bermaydi. Buning uchun noaniq 
genotipga ega organizm sof gomozigota holdagi retsessiv orga-
nizm bilan qayta chatishtiriladi.
Tahililiy chatishtirish ikki juft belgisi bo‘yicha geterozigota 
orga nizmlarda quyidagicha bo‘ladi.
F
b
АаВв х аавв
АВ Ав аВ ав
ав АаВв Аавв ааВв аавв
Bunday chatishtirishdan olingan duragaylar bir-biridan farq 
qiladigan to‘rt xildagi fenotipni hosil qiladi, nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi.
http:eduportal.uz


141
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
1. Diduragay chatishtirish deb nimaga aytiladi?
2. Diduragay chatishtirishda Mendelning qaysi qonunlari 
yuzaga chiqadi?
3. Diduragay chatishtirishning ikkinchi bo‘g‘inida necha xil 
kombinatsiya amalga oshadi?
4. Diduragay chatishtirishning ikkinchi bo‘g‘inida fenotip va
genotip jihatdan nisbat qanday bo‘ladi?

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling