Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahliliy chatishtirish.
Chala dominantlik. Mendel tajribalarida no‘xat donining sariq
rangi yashil rangi ustidan, gulning qizil rangi, oq rang ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Lekin tabiatda ayrim o‘simlik va hayvonlar o‘zaro chatishtirilganda doimo bu hodisa namoyon bo‘lavermay- di. Ba’zan chatishtirishda ishtirok etgan ota-ona belgilari duragay- o q pushti Gametalar qizil P F 1 http:eduportal.uz 134 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM larda oraliq holda irsiylanishi mumkin. Geterozigota formalarda belgilar ko‘pincha oraliq xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni dominant- lik chala bo‘lishi mumkin. Quyida namozshomgul o‘simligining ikki irsiy formasini chatishtirish natijalari ko‘rsatilgan. ulardan birining gullari qizil, ikkinchisiniki – oq. Birinchi avlod duragaylarining ham- masi pushti gulli, ya’ni oraliq xarakterda bo‘ladi. Agar olingan birinchi bo‘g‘in pushti gulli o‘simliklar o‘zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo‘g‘inda fenotip va genotip jihatdan nisbat 1:2:1 bo‘ladi (49- rasm). Chala dominantlik, ya’ni oraliq irsiylanish qulupnay mevasi- ning rangi, qushlar patining tuzilishi, andaluz tovuq patining rangi, odamdagi biokimyoviy belgilarda va boshqalarda kuzatiladi. Tahliliy chatishtirish. Mendel tomonidan olingan monodura- gay chatishtirishning to‘liq dominant holda irsiylanishida birinchi bo‘g‘inda olingan duragaylarning fenotipiga qarab genotipini go- mozigota yoki geterozigota ekanligini aniqlab bo‘lmaydi. Buning uchun noaniq genotipga ega organizm sof gomozigota holdagi retsessiv organizm bilan qayta chatishtiriladi. Tahliliy chatishtirish uchun olingan birinchi bo‘g‘in duragaylarni gomozigota retsessiv organizmlar bilan qayta chatishtirishga aytiladi. Agar dominant organizm gomozigota bo‘lsa, birinchi bo‘g‘inda bir xillilik kuzatiladi, ya’ni ajralish ro‘y bermaydi: Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling