Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Genetik injeneriya.
Duragaylash. Bu usulning mohiyati chatishtirish natijasida
olingan avlodlarda ota-ona belgilarining irsiylanishini o‘rganishdan iborat. Sitogenetik. ushbu usul qo‘llanilganda ota-ona belgilari- ning irsiylanishi bilan birga xromosomalarning holati maxsus mikroskop lar yordamida o‘rganiladi. molekular genetik. Mazkur usul orqali irsiyatning moddiy asosi bo‘lgan DNk va RNkning strukturasi va vazifasi o‘rganiladi. Ontogenetik. Bu usul yordamida organizmlarning shaxsiy rivojlanish taraqqiyotida genotip va tashqi muhit omillarning ta’siri fenotipning namoyon bo‘lishiga qanday ta’sir qilishi o‘rganiladi. http:eduportal.uz 129 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM Genetik injeneriya. Bu usul yordamida bir organizmning no- yob genlarini ikkinchi organizmga ko‘chirib o‘tkazish ishlari amal- ga oshiriladi. Genetika fanining rivojlanish tarixi. Genetika fanining rivoj- lanish tarixida quyidagi asosiy bosqichlarni belgilash mumkin: 1- bosqich. G.Mendel va uning izdoshlari tomonidan irsiyat va irsiylanish qonunlarining kashf etilishi. 2- bosqich. T.Morganning xromosoma nazariyasining yaratili- shi va uning rivojlantirilishi. 3- bosqich. Genetik tadqiqotlarga kimyo, fizika, kiberneti- ka kabi fanlarning yutuqlarini tatbiq etish. Bu bosqich asosan elek tron mikroskopiya, rentgenostruktur tashxis kabi usullardan foydala nish bilan bog‘liq. Genetika fanining rivojlanishiga xorijlik juda ko‘p olimlar o‘zlari ning hissa larini qo‘shishgan. o‘zbekistonda ham genetika sohasida ko‘plab olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan va genetika fani ning rivojiga munosib hissa qo‘shishgan. Bu olimlari- miz akademiklar J.A.Musayev, o.Jalilov, N.Nazirov, S.Mirahme- dov, A.Abdukarimov, Abdullaev va boshqalar. Irsiyatning duragaylash metodidan foydalanib o‘rganilganda quyidagi genetik simvollar qo‘llaniladi. Chatishtish “x” belgisi bilan ifodalanadi. ona organizm “ ” (Venera-Zuhroning ko‘zgusi), ota organizm “ ” (Mars qalqoni va nayzasi) belgisi bilan ifodalanadi. ota-ona organizmlar oldiga “P” harfi (lotincha “Parents” – ota-ona degan ma’noni anglatadi). ota-ona organizm va duragaylarda hosil bo‘ladigan gametalar “G” harfi bilan belgilanadi. Duragaylash natijasida olingan birinchi avlod duragay – F 1 , ikkinchi avlod duragay – F 2 va h.k simvollar bilan belgilanadi. “F” harfi lotincha “Filio” so‘zidan olingan bo‘lib, bolalar degan ma’noni anglatadi. Birinchi avlod (F 1 ) duragaylarni dominant yoki retsessiv gomozigotali organizmlari bilan chatish- tirish qayta – tahliliy chatishtirish yoki bekkross deb ataladi. olin- gan avlod esa F b tarzida belgilanadi. 9. Biologiya, 9- sinf. http:eduportal.uz 130 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM 1. Irsiyat deb nimaga aytiladi? Misollar asosida tushuntiring. 2. o‘zgaruvchanlik deb nimaga aytiladi? 3. Genetikaning rivojlanish tarixi qanday bosqichlarga bo‘linadi? har bir bosqichga izoh bering. 4. Genetika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan o‘zbekiston- lik olimlardan kimlarni bilasiz? Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling