Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Duragaylash. Bu usulning mohiyati chatishtirish natijasida 
olingan avlodlarda ota-ona belgilarining irsiylanishini o‘rganishdan 
iborat.
Sitogenetik. ushbu usul qo‘llanilganda ota-ona belgilari-
ning irsiylanishi bilan birga xromosomalarning holati maxsus 
mikroskop lar yordamida o‘rganiladi.
molekular genetik. Mazkur usul orqali irsiyatning moddiy 
asosi bo‘lgan DNk va RNkning strukturasi va vazifasi o‘rganiladi.
Ontogenetik. Bu usul yordamida organizmlarning shaxsiy 
rivojlanish taraqqiyotida genotip va tashqi muhit omillarning ta’siri 
fenotipning namoyon bo‘lishiga qanday ta’sir qilishi o‘rganiladi.
http:eduportal.uz


129
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Genetik injeneriya. Bu usul yordamida bir organizmning no-
yob genlarini ikkinchi organizmga ko‘chirib o‘tkazish ishlari amal-
ga oshiriladi.
Genetika fanining rivojlanish tarixi. Genetika fanining rivoj-
lanish tarixida quyidagi asosiy bosqichlarni belgilash mumkin:
1- bosqich. G.Mendel va uning izdoshlari tomonidan irsiyat va 
irsiylanish qonunlarining kashf etilishi.
2- bosqich. T.Morganning xromosoma nazariyasining yaratili-
shi va uning rivojlantirilishi.
3- bosqich. Genetik tadqiqotlarga kimyo, fizika, kiberneti-
ka kabi fanlarning yutuqlarini tatbiq etish. Bu bosqich asosan 
elek 
tron mikroskopiya, rentgenostruktur tashxis kabi usullardan 
foydala nish bilan bog‘liq.
Genetika fanining rivojlanishiga xorijlik juda ko‘p olimlar 
o‘zlari ning hissa larini qo‘shishgan. o‘zbekistonda ham genetika 
sohasida ko‘plab olimlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan va 
genetika fani ning rivojiga munosib hissa qo‘shishgan. Bu olimlari-
miz akademiklar J.A.Musayev, o.Jalilov, N.Nazirov, S.Mirahme-
dov, A.Abdukarimov, Abdullaev va boshqalar.
Irsiyatning duragaylash metodidan foydalanib o‘rganilganda 
quyidagi genetik simvollar qo‘llaniladi.
Chatishtish “x” belgisi bilan ifodalanadi. ona organizm “

(Venera-Zuhroning ko‘zgusi), ota organizm “
” (Mars qalqoni 
va nayzasi) belgisi bilan ifodalanadi. ota-ona organizmlar oldiga 
“P” harfi (lotincha “Parents” – ota-ona degan ma’noni anglatadi). 
ota-ona organizm va duragaylarda hosil bo‘ladigan gametalar 
“G” harfi bilan belgilanadi. Duragaylash natijasida olingan birinchi 
avlod duragay – F
1
, ikkinchi avlod duragay – F
2
va h.k simvollar 
bilan belgilanadi. “F” harfi lotincha “Filio” so‘zidan olingan bo‘lib, 
bolalar degan ma’noni anglatadi. Birinchi avlod (F
1
) duragaylarni 
dominant yoki retsessiv gomozigotali organizmlari bilan chatish-
tirish qayta – tahliliy chatishtirish yoki bekkross deb ataladi. olin-
gan avlod esa F
b
tarzida belgilanadi.
9. Biologiya, 9- sinf.
http:eduportal.uz


130
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
1. Irsiyat deb nimaga aytiladi? Misollar asosida tushuntiring.
2. o‘zgaruvchanlik deb nimaga aytiladi?
3. Genetikaning rivojlanish tarixi qanday bosqichlarga 
bo‘linadi? har bir bosqichga izoh bering.
4. Genetika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan o‘zbekiston- 
lik olimlardan kimlarni bilasiz?

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling