Sitologiya va
GENETIKA HAqIDA umumIY mA’LumOT
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zgaruvchanlik
GENETIKA HAqIDA umumIY mA’LumOT
Genetika asoslari VI BO‘LIm 47 §. Genetikaning rivojlanish tarixi VII bob GENETIKA ASOSLARI Genetika yunoncha “genetikos” so‘zidan olingan bo‘lib, “tug‘i- lish, kelib chiqish” degan ma’noni anglatadi. Genetika atamasi fanga 1906- yilda angliyalik olim V.Bеtson tomonidan kiritilgan. Genetika — organizmlarning ikki xususiyati: irsiyat va o‘zgaruv- chanligini o‘rganadi. Irsiyat — tirik organizmlarning o‘ziga xos belgi va xususiyat- larini kelgusi avlodlarga qoldirish, ya’ni nasldan-naslga berish xossasidir. Irsiyat tufayli tur doirasidagi hamma individlar o‘xshash bo‘la- di. Irsiyat hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarga tur, zot, nav, shtammning xarakterli belgilarini avloddan avlodga saqlab berish uchun imkon beradi. O‘zgaruvchanlik – organizmlarning yangi belgilari va xusu- siyatlarini namoyon etish qobiliyatidir. o‘zgaruvchanlik tufayli tur doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi. Demak, irsiyat bilan o‘zgaruvchanlik organizmning bir-biriga qarama-qarshi, ammo o‘zaro bog‘langan xossalaridir. Irsiyat tufayli turning bir xilligi saqlanib borsa, o‘zgaruvchanlik turni aksincha, har xil qilib qo‘ya- di. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar organizm genotipining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. o‘zgaruvchanlik tashqi sha- roitlar bilan ham belgilanadi. http:eduportal.uz 128 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM Genetika fani organizmlarda ularning belgi va xususiyatlari- ning nasldan-naslga berilishini ta’min etuvchi “gen” deb ataluvchi irsiy birlik mavjudligini isbot etadi. organizmdagi genlar kelgusi avlodlarga ko‘payish orqali beriladi. Ma’lum bir organizmlarning barcha genlarining yig‘indisi genotip deb ataladi. organizmning barcha belgi va xususiyatlarning yig‘indisi fenotip deb ataladi. Tirik organizmlar fenotipining qanday bo‘lishi, uning genotipiga hamda ma’lum darajada tashqi sharoit omillariga bog‘liq. Genetika fani oldida turgan vazifalar quyidagilardir: — irsiyatning moddiy asoslari – xromosomalar, genlarning strukturasi va funksiyasini tekshirish; — organizmlar belgi va xususiyatlarining kelgusi avlodlarga beri lishi va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash; — turli fizik va kimyoviy omillar ta’sirida organizmlarda irsiy o‘zgaruvchanlikning paydo bo‘lish qonuniyatlarini ochish; — inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan sermahsul o‘simlik nav- lari, hayvon zotlari, mikroorganizm shtammlarini yaratishning sa- marali usullarini ishlab chiqish; — odamlarda turli irsiy kasalliklarning paydo bo‘lish sabablari- ni o‘rganish, ularning oldini olish va davolashning samarali usul- larini izlab topish. Bu vazifalarni hal etishda genetika fani bir qator usullardan foydalanadi. ular quyidagilar: Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling