Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
gay chatishtirish deb yuritiladi.
monoduragay chatishtirish. Monoduragay chatishtirish deb, bir juft turg‘un belgisi bilan farq qiluvchi ota-ona organizm- larni chatishtirishga aytiladi. Irsiyat qonunlarini tahlil qilishni Mendel monoduragay chatish- tirishdan boshladi. Masalan, qizil gulli no‘xatni oq gulli no‘xat bilan chatishtirishni, doni sariq no‘xatni doni yashil no‘xat bilan chatishtirish monodura- gay chatishtirishga misol bo‘ladi. Tajribada doni sariq va yashil no‘xat o‘simliklari chatishtirilsa, shu chatishtirish natijasida olina- digan birinchi avlod duragaylarning hammasida doni sariq bo‘ladi. Qarama-qarshi belgi (donlarning yashilligi) go‘yo yo‘qolib ketadi. Mendelning birinchi avlod duragaylarning bir xilligi mana shunday namoyon bo‘ladi. Donlarning sariq rangidan iborat belgi (yashil rang) yuzaga chiqishiga go‘yo yo‘l qo‘ymaydi va F 1 duragaylar- ning hammasi sariq (bir xil) bo‘lib qoladi. http:eduportal.uz 132 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM Belgining ustun turishi dominantlik, ustun turadigan belgi domi nant belgi deb ataladi. Mendelning birinchi qonuni – domi- nantlik qonuni yoki birinchi bo‘g‘inda bir xillilik qonuni deb ataladi. ko‘zdan kechirilayotgan misollarda donning sariq silliq for- malari, gulning qizil rangi, donning yashil, burishgan, gulning oq rangi ustidan dominantlik qiladi. Qarama-qarshi, F 1 da namoyon bo‘lmaydigan belgi retsessiv belgi deb ataladi. Dominant belgilar katta harflar bilan, (A) retsessiv belgi esa kichik harf (a) bilan bel- gilanadi. Agar organizm genotipida ikkita bir xil genlar bo‘lsa, bunday organizm gomozigota organizm deyiladi. Gomozigota organizm dominant (AA yoki BB) yoki retsessiv (aa yoki bb) holatda bo‘ladi. Agar genlar bir-biridan farq qilsa, ya’ni biri dominant, ikkin- chisi retsessiv (Aa yoki Bb) bo‘lsa, bunday genotipli organizm Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling