Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

geterozigota organizm deyiladi.
F
1
(birinchi avlod)
P (ota-ona)
Gametalar
mendelning birinchi qonunini quyidagicha izohlash mum-
kin: agar bir juft belgisi bilan farq qiladigan gomozigota organizm-
lar o‘zaro chatishtirilsa, F
1
duragaylar ota-ona organizmlar 
ning 
bitta belgisiga ega bo‘lib, barchasi fenotip va genotip jihatdan 
bir xil bo‘ladi. No‘xat o‘simligining doni rangi (sariq va yashil) va 
donining shakli (silliq va burishgan) bo‘lgan navlarni o‘zaro cha-
tishtirib, F
1
bo‘g‘inda sariq va silliq duragaylar olinadi.
http:eduportal.uz


133
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
mendelning ikkinchi (belgilarni ajralish) qonuni. Agar 
yuqori dagi tajribadan olingan geterozigota holatdagi F
1
bo‘g‘inlar 
o‘zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo‘g‘in (F
2
)da ajralish hodisasi ku-
zatiladi: o‘zida ota-onalaridan ikkalasining belgilari bor o‘simliklar 
ma’lum son nisbatlarida paydo bo‘ladi.
olingan duragaylarning 3/4 qismi dominant belgiga, 1/4 qismi 
retsessiv belgiga ega bo‘ladi. 
Geterozigota organizmlarni chatishtirish natijasida olingan 
avlodlarning ma’lum qismi dominant belgilarni, boshqa qismi esa 
retsessiv belgilarni namoyon qiladi. Bu Mendelning ikkinchi qonu-
ni belgilarning ajralish qonuni deb ataladi.
Shunday qilib, Mendelning ikkinchi qonuni ajralish qonuni 
bo‘lib, uni quyidagicha izohlash mumkin: geterozigota holatdagi 
ikkita F

bo‘gin duragaylarini o‘zaro chatishtirish natijasida ikkinchi 
bo‘g‘in (F
2
)da quyidagicha nisbatda ajralish kuzatiladi fenotip 
bo‘yicha 3:1, genotip bo‘yicha 1:2:1.
F
2
da olingan organizmlarning 25 foizi gomozigota holatda do-
minant (AA), 50 foizi dominant belgi bo‘yicha geterozigota (Aa), 
25 foizi retsessiv belgi bo‘yicha gomozigota (aa) bo‘ladi.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling