Sitologiya va


­ §. G.mendel qonunlari. monoduragay chatishtirish


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

48­ §. G.mendel qonunlari. monoduragay chatishtirish
Irsiyat qonunlarini dastlab chex olimi Gregor Mendel tomo-
nidan 1865- yilda e’lon qilingan. uning tadqiqotlari uzoq vaqtga-
cha to‘g‘ri baholanmay kelindi. 1900- yilda Mendel tadqiqotlari 
uch yirik olim G.de-Friz, e.Chermak va k.korrenslar tomonidan 
qayta kashf etildi va tasdiqlandi. Shuning uchun 1900- yil biolo-
giyaning yangi sohasi – genetikaga asos solingan yil hisoblanadi.
Mendel o‘z tajribalarida dastavval bitta belgisi, so‘ngra ikkita 
va nihoyat, uchta va undan ortiq belgisi bo‘yicha keskin farq qiluv-
chi no‘xat navlarini chatishtirdi. hosil bo‘lgan duragaylar bir necha 
avlod (F
1
, F
2
, F
3
) davomida tekshirildi. Bunda har qaysi duragay 
o‘simlikning avlodini alohida o‘rganishga e’tibor berildi. 
G.Mendel o‘z tajribalarini no‘xat ustida o‘tkazdi. Bu o‘simlik-
ning har xil navlari ko‘p bo‘lib, ular yaxshi ifodalangan irsiy belgi-
lari bilan bir-biridan aniq ajralib turadi. Masalan, gullari oq va qi-
zil, poyasi baland va past bo‘yli, donlari sariq va yashil, silliq yoki 
burishgan navlari bor. Mana shu xususiyatlarining har biri maz-
kur nav doirasida nasldan-naslga o‘tib boradi. No‘xat odatda o‘z-
o‘zidan changlanadi, lekin chetdan changlanishi ham mumkin.
Mendel tomonidan o‘rganilgan no‘xat o‘simligining irsiy belgilari
Belgilar
Dominant
Retsessiv
don shakli
don rangi
gul rangi
poya uzunligi
dukkak shakli
silliq
sariq
qizil
uzun
oddiy dukkak
burishgan
yashil
oq
kalta
bo‘g‘imli dukkak
http:eduportal.uz


131
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
Mendel tekshirishning gibridologik usulini — ma’lum belgilari 
jihatidan bir-biridan ajralib turadigan ota-ona formalarini chatish-
tirish usulini qo‘lladi va kuzatilayotgan belgilarning bir qancha av-
lodlarda qanday namoyon bo‘lishini o‘rgandi. u tahlil qilish yo‘li 
bilan o‘simliklarning turli-tuman belgilaridan bitta yoki bir-biriga 
qarama-qarshi bir nechta belgilarini ajratib oldi va ketma-ket kela-
digan bir qancha avlodlarda qanday namoyon bo‘lishini kuzatdi. 
Mendel tajribalarining mohiyati shundan iboratki, o‘rgani layotgan 
belgilarning barcha individlarda namoyon bo‘lishini miqdor ji-
hatidan aniq hisobga olib borishida bo‘ldi. Bu unga irsiyatdagi 
muayyan miqdoriy qonuniyatlarni belgilab olishga imkon berdi.
Mendel qo‘llagan usul – duragaylash yoki chatishtirish usuli 
deb ataladi.
odatda bir juft belgisi bilan o‘zaro keskin farq qiluvchi orga-
nizmlarni chatishtirishni monoduragay chatishtirish deyiladi. Ikki 
juft belgilari bilan farq qiluvchi ota-ona organizmlarni chatishtirish-
ni diduragay chatishtirish va nihoyat, uch va undan ortiq belgi-
lari bilan farq qiluvchi organizmlarni chatishtirishni esa polidura-

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling