Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Umurtqalilarda mur-
takning o‘xshashligi: 
4 yirtqichlar (mushuk); 
5 primatlar (martishka); 
6 odam. 
48­ rasm.
http:eduportal.uz


126
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
Shuning uchun dastlabki bosqichdagi o‘zgarishlar odatda rivojla-
nishdan orqada qolishga yoki nobud bo‘lishga olib keladi. keyingi 
bosqichlardagi o‘zgarishlar, kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan bel-
gilarga ta’sir qilib, organizm uchun foydali belgilarni yuzaga chiqa-
radi va bu o‘zgarish tabiiy tanlanishda saralanib boradi.
hozirgi zamon hayvonlarining embrional rivojlanish bosqichi-
da ajdodlariga o‘xshash belgilarning paydo bo‘lishi, organlar tu-
zilishidagi evolutsion qayta shakllanishni aks ettiradi. organizm 
o‘z rivojlanish jarayonida bir hujayralilik (zigota) bosqichini o‘tay-
di, ya’ni dastlabki amyobasimon bosqichni filogenetik takrorlaydi. 
Barcha umurtqalilarda, yuksak tuzilishga ega bo‘lganlarida ham 
dastlab xorda hosil bo‘lib, keyinchalik umurtqa pog‘onasiga ayla-
nadi. ularning ajdodida esa xorda butun umri davomida saqlanib 
qolgan. embrional rivojlanish jarayonida qushlar, sut emizuvchilar 
va odamda halqum atrofida jabra bo‘ladi.
odam embrionining dastlabki bosqichlarida yurak tuzili-
shi ba liqlarnikiga o‘xshash: bitta qorincha va bitta bo‘lmachadan 
ibo rat bo‘lib, qon aylanish doirasi bitta bo‘ladi. Tishsiz kitlar 
ning 
embrion lik davrida tish paydo bo‘ladi. Bu tishlar milkni yorib chiq-
maydi, balki parchalanib, so‘rilib ketadi. Yuqorida keltirilgan mi-
sollar individual rivojlanish bilan tarixiy rivojlanish o‘rtasidagi 
bog‘liqlik ni ko‘rsatadi. Bu o‘zaro bog‘liqlik nemis olimlari Myuller 
va Gekkel tomonidan ilgari surilgan biogenetik qonunda o‘z ifo-
dasini topdi. har bir individ o‘zining individual rivojlanishida (on-
togenez) o‘z turining rivojlanish tarixini (filogenez) qisqacha tak-
rorlaydi, ya’ni ontogenezda filogenezning qisqa takroriga bioge-
netik qonun de yiladi.
1. k.Ber tomonidan qaysi qonun ilgari surilgan? 
2. embrional divergensiya deb nimaga aytiladi?
3. Biogenetik qonun qaysi olimlar tomonidan ilgari surilgan?
uni misollar asosida tushuntiring.
http:eduportal.uz



Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling