Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baqadagi metamorfoz rivoj l anishining bosqichlari.
Assidiyada
metamorfoz. 1 2 3 http:eduportal.uz 121 oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ V Bo‘LIM doirasini bo‘lishi xosdir. Metamorfoz jarayonida qalqonsimon bez- ning tiroksin gormoni ta’sirida itbaliqda dum va yon chiziq organ- lari yo‘qoladi. o‘pka va ikkita qon aylanish doirasi rivojlanadi. It- baliq bir qator belgilari (yon chiziq, yurak tuzilishi, qon aylanish sistemasi, jabra yoriqlari) bilan baliqlarga o‘xshab ketadi. Bilvosita rivojlanish-metamorfozga hasharotlarning rivojla- nishi ham misol bo‘ladi (47- rasm). Qo‘ng‘iz, kapalaklarning qurt- lari tashqi tuzilishidan, hayot tarzi va yashash muhiti bilan voyaga yetgan organizmlardan keskin farq qiladi. ularning ajdodi halqali chuvalchanglarga o‘xshab ketadi. Metamorfoz – hayot tarzi va ya- shash muhitini almashinishi bilan bog‘liqdir. Bilvosita rivojlanishning biologik ahamiyati shundan iboratki, bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan individlari har xil sha- roitda yashaganligi uchun ularning yashash joyi va oziq uchun o‘zaro raqobati kuzatilmaydi. Faqat o‘troq yoki parazit holda ya- shashga moslashgan organizmlarning qurtlari erkin harakat qilib, turning keng tarqalishiga yordam beradi. Postembrional rivojlanish davri turli muddat davom etishi 46 rasm. Yuqoridagi chapda — tuxumdan yangi chiqqan itbaliq; yuqoridagi o‘ngda — metamorfozning boshlanishi; pastda — dum qoldig‘i bo‘lgan yosh baqa. Baqadagi metamorfoz rivoj l anishining bosqichlari. http:eduportal.uz 122 oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ V Bo‘LIM mumkin. Misol uchun tut ipak qur- tining qurtlik davri 20–24 kun da- vom etadi. Voyaga yetgan kapala- gi esa 5–10 kun yashaydi. Baqa- ning lichinkasi itbaliq 2–3 oyda baqaga aylanadi. Voyaga yet- gan baqa bir necha yil yashaydi. Postembrional rivojlanish o‘sish bilan birga davom etadi. o‘sish butun umr davomida hamda ma’lum muddat bilan chegaralangan bo‘ladi. Butun umri davomida o‘sish o‘simliklarda, tasmasimon chuvalchanglar, ayrim molluskalar va baliqlarda kuzatiladi. ko‘pchilik hayvonlar jinsiy balog‘atga yetgandan so‘ng o‘sish- dan to‘xtaydi. odam 20–25 yoshda o‘sishdan to‘xtaydi. 1. Postembrional rivojlanishni qanday xillarga ajratish mumkin? 2. Bevosita rivojlanishni misollar asosida tushuntiring. 3. Assidiya metamorfozini tushuntirib bering. 4. Metamorfozli rivojlanishning biologik ahamiyati nimadan iborat? 5. Postembrional rivojlanish deb nimaga aytiladi? Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling