Sitologiya va


­ §. Embrion rivojlanishiga tashqi muhitning ta’siri


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

45­ §. Embrion rivojlanishiga tashqi muhitning ta’siri
Tashqi muhit omillarining ta’siri homila davrida ham, undan 
keyingi davrida ham kuzatiladi. Ayniqsa, embrion tashqi muhit 
omillarining o‘zgarishiga juda ta’sirchan bo‘ladi.
47­ rasm.
Kapalakning to‘la o‘zgarish bilan 
rivojlanish (metamorfoz) bos-
qichlari:

Tuxumdan qurtning chiqishi, 
g‘umbak hosil qilishi, g‘umbakdan kapalakning 
chiqishi.
http:eduportal.uz


123
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
odam homilasining rivojlanishiga zarar ko‘rsatuvchi omillar-
ga alkogol, tamaki tarkibidagi nikotin, giyohvand moddalar kiradi. 
Bu moddalar insonning faqat sog‘ligiga zarar yetkazibgina qol-
masdan, balki jinsiy hujayralarning xromosomalari, genlarida mu-
tatsiyalarga sabab bo‘lishi ham mumkin. Bunday o‘zgargan hujay-
ralarning otalanishi natijasida hosil bo‘lgan homilaning yashash 
qobiliyati susayadi, noto‘g‘ri rivojlanadi va har xil mayib-majruh 
bolalar tug‘iladi.
homilador ona tomonidan iste’mol qilingan hatto juda oz miq-
dordagi alkogol, nikotin, giyohvand moddalar homilaning jismoniy 
va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, zaif va kasal bolalar 
tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Postembrional davrda ham or-
ganizmning rivojlanishiga abiotik omillar harorat, yorug‘lik, namlik, 
kislorod, har xil kimyoviy birikmalar katta ta’sir ko‘rsatib, rivojla-
nishini jadallashtirishi yoki susaytirishi mumkin.
hozirgi vaqtda bundan 50–100 yillar ilgariga nisbatan bolalar 
va o‘smirlarning jismoniy funksiyalarining rivojlanishi ancha jadal-
lash ga n ligi kuzatilmoqda. Bu hodisani akseleratsiya (lotincha – 
jadallashish so‘zidan olingan) deyiladi.
Gomeostaz. Tashqi muhit omillari ta’sirining o‘zgarishiga qa-
ramay tirik organizmlarning o‘z tuzilishi va ichki muhitining doimiy-
ligini o‘zgartirmasdan saqlay olish xususiyati gomeostaz deyiladi. 
Gomeostazni ta’minlashda organizmning morfologik tuzilishi doi-
miyligini va butunligini ta’minlashda regeneratsiya muhim aha-
miyatga ega. Regeneratsiya deb, organizmlarning hayot faoliya-
ti davomida yoki biron ta’sir natijasida yashash muddati tugagan 
yoki shikastlangan hujayralar, to‘qimalar yoki a’zolarning qayta 
tiklanishiga aytiladi. 
Ichki muhitning doimiyligini saqlashda organizmning barcha 
sistemalari birgalikda qatnashadi. Natijada organizmning tana 
harorati, kimyoviy ionlar va gazlar tarkibi, qon bosimi, nafas 
olish va yurak urishi tezligi, moddalarning almashinuvi doimiyligi 
saqlanadi.
http:eduportal.uz


124
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
Anabioz. Ba’zan organizmlar hayot jarayonlarining da-
vom etishi qiyin bo‘lgan muhit sharoitlariga tushib qoladi. Shun-
day sharoitlarda organizm anabioz (“ana” – yangi, “bios” – ha-
yot so‘zlari dan olingan) holatiga o‘tadi. Anabioz holatidagi orga-
nizmlarda moddalar almashinuvi juda sekinlashadi yoki vaqtincha 
deyarli to‘xtaydi. Mikroorganizmlarning sporalari, o‘simliklarning 
urug‘lari, hayvonlar tuxumlari anabiozga misol bo‘la oladi. 
1
.
Postembrional rivojlanish davriga abiotik omillar qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
2. Akseleratsiya deb nimaga aytiladi? uning sababi nima?
3. Gomeostaz deb nimaga aytiladi?
4
.
Anabioz nima va unga misollar keltiring.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling