Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

blastosel deb ataladi.
Maydalanishda mitoz sikli juda tez o‘tadi, blastomerlar o‘s-
maydi va ular hujayralarining soni ko‘paygan sari kichrayib boradi. 
har xil turlarda maydalanishning o‘ziga xos tomonlari kuzatiladi. 
Gastrulyatsiya. Blastula juda ko‘p hujayralardan tashkil to-
padi (misol uchun, lansetnikda 3000 ta hujayra bo‘ladi), keyingi 
rivojlanish natijasida ikkinchi bosqich gastrula boshlanadi. Gas-
trula bosqichida murtak ikki qavat bo‘lib qoladi. Murtakning tashqi 
qavati ektoderma, ichki qavati entoderma deyiladi. Gastrula hosil 
bo‘lishiga olib keladigan jarayonlar yig‘indisi gastrulyatsiya deb 
ata ladi.
Lansetnikda gastrula blastula devorining ichkariga botib kirishi 
hisobiga hosil bo‘ladi, ayrim hayvonlarda – blastula devorini qat-
qat bo‘lib joylashishi yo‘li bilan amalga oshadi (42- rasm).
ko‘p hujayrali hayvonlarda (bo‘shliq ichlilardan tashqari) 
http:eduportal.uz


116
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
uchinchi qavat mezoderma hosil bo‘ladi. Mezoderma ekto va en-
todermaning o‘rtasida birlamchi tana bo‘shlig‘i – blastoselda joy-
lashadi. Mezoderma qavatining hosil bo‘lishi bilan murtak uch 
qavatdan iborat bo‘ladi: ektoderma, entoderma va mezoderma 
murtak varaqlari hisoblanadi (43- rasm). umurtqali hayvonlarning 
hammasida bu varaqlar bir-biriga oxshaydi.
Gastrulyatsiyaning mohiyati shundan iboratki, bu jarayon hu-
jayralar to‘plamini aralashishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda 
embrion hujayralari bo‘linmaydi, o‘smaydi. Lekin, bu bosqichda 
embrion hujayrasining dastlabki genetik axborotlaridan foydalana 
boshlanadi va dastlabki ixtisoslashish belgilari paydo bo‘ladi. 
Ixtisoslashish — bu embrionning ayrim qismlari va hujayra-
larining tuzilishi hamda vazifasi jihatidan bir-biridan farq qilishi-
dir. Ixtisoslashish morfologik nuqtayi nazardan qaraganda max-
sus tuzilishga ega bir-biridan farq qiladigan yuzlab hujayra xillari-
ni hosil bo‘lishidir. Blastulaning ixtisoslashmagan hujayralaridan 
asta-sekin teri epiteliysi hujayralari, ichak epiteliysi, o‘pka, nerv, 
muskul va boshqa hujayralar paydo bo‘ladi. Biokimyoviy nuqtayi 
nazardan hujayralarning ixtisoslashishi shu hujayra uchun xos 
oqsillarni sintezlash bilan xarakterlanadi. Misol uchun, limfositlar 
himoya qiluvchi oqsil antitanani, muskul hujayralari esa qisqa-
ruvchi oqsil-miozinni sintezlaydi. har qanday hujayra o‘zi uchun 
xos bo‘lgan oqsilni sintezlaydi. Biokimyoviy ixtisoslashish natijasi-
da embrion varaqalaridan alohida organ va organlar sistemasi-
ni rivoj lanishiga ta’sir ko‘rsatadigan hujayralar tarkibidagi har xil 
genlar ning ishlashi boshlanadi.
har xil turlarga mansub hayvonlarning murtak varaqalaridan 
bir xil to‘qima va organlar hosil bo‘la boshlaydi. Bu esa ular o‘zaro 
gomolog ekanligidan dalolat beradi. embrionning ektoderma qa-
vatidan – bo‘g‘imoyoqlilarda, xordalilar (baliqlar, amfibiyalar, rep-
tiliyalar, qushlar va sut emizuvchilar)da teri qoplamlari, ya’ni teri 
epiteliyasi hamda uning hosilalari, nerv sistemasi va sezgi organ-
lari, tishning emal qavati shakllanadi. 
http:eduportal.uz


117
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling