Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Partenogenez
dagi qo‘sh
urug‘lanish. 12 13 http:eduportal.uz 113 oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ V Bo‘LIM ta gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan yadroli yangi hujay- ra bunyodga keladi. undan endosperm rivojlanadi. Yopiq urug‘lilarda triploid endosperm, rivojlanib borayotgan murtak uchun zaxira oziq materialidir. Binobarin, gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanishning mohiyati shundan iboratki, bir spermiy tu- xum hujayra bilan qo‘shilib murtakni, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo‘shilib endospermni hosil qiladi. Gulli o‘simliklardagi qo‘sh urug‘lanish hodisasini 1898- yilda akademik S.G.Navashin kashf etgan, endospermning triploid ta- biati ni esa uning o‘g‘li M.S.Navashin 1915- yilda ochgan. Bu kash- fiyot gulli o‘simliklarni juda katta guruhining butun rivojlanish jara- yonlarini tushunish va o‘rganish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Partenogenez. urug‘lanmagan tuxum hujayradan murtakning rivojlanishiga partenogenez deyiladi. Partenogenez ikki xil bo‘la- di: tabiiy va sun’iy partenogenez. Tabiatda tabiiy partenogenez ayrim qisqichbaqasimonlar (dafniya), pardaqanotlilar (erkak asal- ari) va o‘simlik shira bitlarida, qisman qushlar (tustovuq)da kuza- tiladi. Sun’iy partenogenez urug‘lanmagan tuxum hujayraga har xil mexanik va kimyoviy omillar ta’sir ettirish orqali amalga oshirila- di. Misol uchun, baqaning urug‘lanmagan tuxum hujayrasiga nina bilan ta’sir ettirilsa, undan yetuk organizm rivojlanishi mumkin, faqat ularning barchasi urg‘ochi bo‘ladi. Tajriba yo‘li bilan sun’iy partenogenez tut ipak qurtida, baliqlar, quyonlar, zamburug‘larda, o‘simliklardan suvo‘tlarida, bug‘doydoshlar va dukkakdoshlarda hosil qilingan. 1. hayvonlarda urug‘lanish qanday xillarga ajratiladi? ularni misollar asosida tushuntirib bering. 2. o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish qanday amalga oshadi? 3. Qo‘sh urug‘lanish hodisasi va endospermning triploid tabiatini qaysi olimlar tomonidan kashf etilgan? 4. Partenogenez deb nimaga aytiladi? Partenogenez xillarini misollar asosida tushuntirib bering. 8. Biologiya, 9- sinf. http:eduportal.uz 114 oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ V Bo‘LIM Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling