Sitologiya va
§. Rivojlanishning umumiy qonuniyatlari
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
46 §. Rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
Biogenetik qonun. Embrionlarning o‘xshashlik qonuni Barcha ko‘p hujayrali organizmlar bitta urug‘langan tuxum hu- jayra (zigota)dan rivojlanadi. Bir tipga mansub organizmlar mur- tagining rivojlanishi ko‘p tomondan o‘xshash. Barcha xordali hay- vonlarning embrional rivojlanish davrida o‘q skelet – xorda shakl- lanadi, nerv nayi hosil bo‘ladi, halqumining oldingi qismida jabra yoriqlari paydo bo‘ladi. umurtqalilarning dastlabki rivojlanish bosqichlari juda o‘xshashdir (48- rasm). Bu dalillar k.Ber tomonidan embrionlar- ning o‘xshashlik qonunida ilgari surilgan. embrionlarning o‘xshashlik qonunining isboti: “embrion dast- labki rivojlanish davrida tip uchun umumiy belgilari jihatidan o‘xshash bo‘ladi”. har xil sistematik guruhga mansub organizm- lar murtagining rivojlanishini o‘xshash bo‘lishi, ularning kelib chi- qishi birligining isbotidir. keyinchalik embrional rivojlanishda sinf, oila, tur va oxirida o‘sha individ uchun xos belgilar rivojlanadi. embrion ning rivojlanish jarayonida belgilarning ajralishi emb- http:eduportal.uz 125 oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ V Bo‘LIM rio nal divergensiya deb ataladi. Bu turning tarixiy rivojlanishi u yoki bu sistematik guruhga xos belgilarni aks ettiradi. organizm o‘zi ning rivojlanish davrida doimiy ravishda o‘zgarib boradi. mu ta tsiya homilaning dastlabki davrlarida tuzilish va moddalar al- mashinuviga ta’sir etadigan genlarning o‘zgarishiga olib keladi. o‘zgargan belgilar keyingi rivojlanish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Xordaning boshlang‘ich kurtagi nerv naychasining hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. uning yo‘qolishi rivojlanishni to‘xtatadi. 1 kloakalilar (yexidna); 2 xaltalilar (kenguru); 3 juft tuyoqlilar (bug‘u); Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling