Sitologiya va
mustaqil yechish uchun masalalar
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 44 §. Postembrional rivojlanish
mustaqil yechish uchun masalalar
1. Lansetnikda embrionning maydalanish bosqichida 3 marta ekva- torial bo‘lingandan so‘ng uning blastomerlari soni nechta bo‘ladi? 2. Lansetnik embrionidagi blastomerlar 128 taga yetishi uchun hu- jayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo‘linishi kerak? 44 §. Postembrional rivojlanish embrionning tuxumdan chiqishi yoki tug‘ilishi bilan embrio- nal rivojlanish davri tugallanadi va postembrional rivojlanish davri boshlanadi. Postembrional rivojlanish bevosita (to‘g‘ri) yoki bilvo- sita (noto‘g‘ri, metamorfozli) bo‘ladi. Bevosita rivojlanish (sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuv- chilar)da tuxumdan chiqqan yoki ona organizmidan tug‘ilgan em- brion voyaga yetgan organizmlarga o‘xshaydi, faqat kichik bo‘la- di. Postembrional rivojlanishda embrion faqat o‘sadi va jinsiy ba- log‘atga yetadi. Bilvosita (metamorfoz) rivojlanishda tuxumdan qurt (lichinka) chiqadi. Qurt voyaga yetgan organizmdan tuzilishi jihatidan keskin farq qiladi. Qurt oziqlanadi, o‘sadi va ma’lum muddat davomida qurt organlari voyaga yetgan organizm organlari bilan almashi- http:eduportal.uz 120 oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ V Bo‘LIM nib boradi. Binobarin, noto‘g‘ri rivojlanish lichinka organlari o‘rnida voyaga yetgan organizmga xos organlar hosil bo‘ladi. Bilvosita postembrional rivojlanishni bir necha misollar yor- damida ko‘rib chiqamiz. Assidiya (xordalilar tipi, lichinkaxordali lar kenja tipi)ning lichin kasi xordali hayvonlarning asosiy belgilari ni: xorda, nerv nayi va halqumida jabra yoriqlarini o‘zida mujassam qilgan bo‘ladi (45- rasm). Lichinka suvda erkin suzib yuradi, keyin suv tubidagi qat- tiqroq narsaga yopishib olib, metamorfozga uchraydi. uning alohi- da dumi, xordasi, muskullari yo‘qolib ketadi; nerv nayi hujayralar- ga bo‘linib fagositlarni hosil qiladi. Lichinkalarning nerv nayidan nerv tuguni hosil qilishda ishtirok etadigan faqat ayrim hujayralar to‘plamigina qoladi. Voyaga yetgan assidiyaning tuzilishi umuman xordali hayvonlar tuzilishiga o‘xshamaydi. Assidiya qurtining tuzili- shi, bu hayvonning kelib chiqishi erkin hayot kechiradigan xordali- lar ekanligidan dalolat beradi. Assidiyadagi metamorfozni yuzaga kelishining asosiy sababi o‘troq holatda hayot kechirishga o‘tish bilan bog‘liqdir. Amfibiyalar- ning lichinkalik bosqichi – itbaliqdir (46- rasm). Itbaliq uchun jabra yoriqlari, yon chiziq organi, ikki kamerali yurak, bitta qon ayla nish 45 rasm. Yuqorida — koloniya hosil qilgan voyaga yetgan hayvon. O‘ngda — assidiya lichinkasining tuzilishi: 1- xorda; 2- nerv nayi; 3- jabra yoriqlari. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling