Sitologiya va


­ §. Embrional rivojlanish davri


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

43­ §. Embrional rivojlanish davri
organizmlarning individual (shaxsiy) rivojlanish taraqqi-
yotiga – ontogenez deyiladi. ontogenez tushunchasi 1866- yil
e.Gekkel tomonidan fanga kiritilgan. Bir hujayrali organizmlar ning 
ontoge 
nezi ularning hosil bo‘lishidan boshlanib, bo‘linishi yoki 
nobud bo‘lishi bilan tugallanadi. ko‘p hujayralilarda ontogenez 
zigota hosil bo‘lishidan boshlanib, tabiiy o‘limning yuz berishi bilan 
tugallanadi. har bir organizmning individual rivojlanishi davri turli 
muddatda bo‘lishi mumkin. 
organizmlarning embrional rivojlanishini uchta tipga ajaratila-
di: 1) lichinkali ontogenez; 2) lichinkasiz ontogenez; 3) ona qorni-
da rivojlanish.
Lichinkali ontogenez aksariyat umurtqasiz hayvonlar (yassi 
chuvalchanglar, aksariyat hasharotlarda) umurtqali hayvonlardan 
baqalarda kuzatilsa, lichinkasiz ontogenez sudralib yuruvchilar, 
qushlarda, ona qornida rivojlanish esa yuksak sutemizuvchilarda 
va odamda kuzatiladi.
ontogenez asosan ikki: embrional va postembrional davr-
larga bo‘linadi.
Embrional rivojlanish davri. ko‘pchilik jinsiy yo‘l bilan 
ko‘payadigan ko‘p hujayrali organizmlarning tuzilish darajasi qan-
day bo‘lishidan qat’i nazar embrionnning rivojlanish bosqichlari 
o‘zaro o‘xshash bo‘ladi.
embrional rivojlanish davri uchta bosqichga bo‘linadi: may-
dalanish, gastrulyatsiya va birlamchi organogenez. Bu davr zigo-
ta hosil bo‘lishidan boshlanib, embrionning shakllanib tug‘ilgunga 
yoki tuxum qobiqlaridan chiqqunga qadar davom etadi.
maydalanish. Zigota – tuxum va urug‘ hujayralarining qo‘ shi-
lishi natijasida hosil bo‘ladi. Zigota davrida sitoplazma mod 
dala-
rining qayta taqsimlanishi, qutblanishi va oqsil sintezi kuzatiladi. 
urug‘langan tuxum (zigota) – ko‘p hujayrali organizmlarning 
bir hujayralilik va dastlabki rivojlanish bosqichidir. Bir hujayrali or-
http:eduportal.uz


115
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
ganizmning bir necha marta ketma-ket bo‘linishidan ko‘p hujayra-
li organizm hosil bo‘ladi. Tuxum hujayra urug‘langach, bir necha 
daqiqadan keyin yadro va sitoplazma bo‘lina boshlaydi. Tuxum 
hujayra bir-biriga teng ikkita hujayraga, ya’ni ikkita blastomerga 
bo‘linadi. Tuxum hujayra birinchi marta meridian tekisligida bo‘li-
nadi. So‘ngra blastomerlarning har biri yana meridian tekisligida 
bir vaqtda bo‘linadi, natijada bir-biriga teng to‘rtta hujayra vujudga 
keladi. Navbatdagi bo‘linish ekvator tekisligida o‘tadi, sakkizta hu-
jayra hosil bo‘ladi. keyin meridianal va ekvatorial bo‘linish navbat-
lashib, 16, 32, 64 ta va hokazo blastomerlar hosil bo‘ladi, bular 
bir-biriga zich taqalib joylashgan hujayralardir. har bo‘linishdan 
keyin paydo bo‘lgan hujayra kichrayib boradi, shuning uchun bu 
jarayon maydalanish deb ataladi. 
Maydalanish bosqichida hujayralar keyingi rivojlanish uchun 
to‘planib boradi (41- rasm).
Maydalanish ko‘p hujayrali embrion – blastula hosil bo‘lishi 
bilan tugallanadi. Blastula sharsimon shaklga ega bo‘lib, uning 
devori bir qavat hujayralardan tashkil topgan. Blastula ichi suyuq-
lik bilan to‘lgan bo‘ladi, bu bo‘shliq birlamchi tana bo‘shlig‘i – 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling