Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

dagi qo‘sh 
urug‘lanish.
12
13
http:eduportal.uz


113
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
ta gaploid xromosoma to‘plamiga ega bo‘lgan yadroli yangi hujay-
ra bunyodga keladi. undan endosperm rivojlanadi.
Yopiq urug‘lilarda triploid endosperm, rivojlanib borayotgan 
murtak uchun zaxira oziq materialidir. Binobarin, gulli o‘simliklarda 
qo‘sh urug‘lanishning mohiyati shundan iboratki, bir spermiy tu-
xum hujayra bilan qo‘shilib murtakni, ikkinchisi markaziy hujayra 
bilan qo‘shilib endospermni hosil qiladi.
Gulli o‘simliklardagi qo‘sh urug‘lanish hodisasini 1898- yilda 
akademik S.G.Navashin kashf etgan, endospermning triploid ta-
biati ni esa uning o‘g‘li M.S.Navashin 1915- yilda ochgan. Bu kash-
fiyot gulli o‘simliklarni juda katta guruhining butun rivojlanish jara-
yonlarini tushunish va o‘rganish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Partenogenez. urug‘lanmagan tuxum hujayradan murtakning 
rivojlanishiga partenogenez deyiladi. Partenogenez ikki xil bo‘la-
di: tabiiy va sun’iy partenogenez. Tabiatda tabiiy partenogenez 
ayrim qisqichbaqasimonlar (dafniya), pardaqanotlilar (erkak asal-
ari) va o‘simlik shira bitlarida, qisman qushlar (tustovuq)da kuza-
tiladi. Sun’iy partenogenez urug‘lanmagan tuxum hujayraga har xil 
mexanik va kimyoviy omillar ta’sir ettirish orqali amalga oshirila-
di. Misol uchun, baqaning urug‘lanmagan tuxum hujayrasiga nina 
bilan ta’sir ettirilsa, undan yetuk organizm rivojlanishi mumkin, 
faqat ularning barchasi urg‘ochi bo‘ladi. Tajriba yo‘li bilan sun’iy 
partenogenez tut ipak qurtida, baliqlar, quyonlar, zamburug‘larda, 
o‘simliklardan suvo‘tlarida, bug‘doydoshlar va dukkakdoshlarda 
hosil qilingan.
1. hayvonlarda urug‘lanish qanday xillarga ajratiladi? ularni
misollar asosida tushuntirib bering.
2. o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish qanday amalga oshadi?
3. Qo‘sh urug‘lanish hodisasi va endospermning triploid
tabiatini qaysi olimlar tomonidan kashf etilgan?
4. Partenogenez deb nimaga aytiladi? Partenogenez xillarini
misollar asosida tushuntirib bering.
8. Biologiya, 9- sinf.
http:eduportal.uz


114
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling