Sitologiya va


Nasldan naslga o‘tishning sitologik asoslari


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Nasldan naslga o‘tishning sitologik asoslari.  Mendel 
gameta lar sofligi gipotezasini ta’riflab bergan vaqtlarda mitoz va 
meyoz to‘g‘risida hali hech narsa ma’lum emas edi. hozirgi vaqt-
da sitologiya yutuqlari tufayli Mendel qonunlari mustahkam si-
tologik asosga ega bo‘ldi.
o‘simliklar va hayvonlarning har birida xromosomalar ma’lum 
bir miqdorda bo‘ladi. Somatik hujayralarda barcha xromosomalar 
soni juft, ya’ni diploid holda bo‘ladi, jinsiy hujayralarda esa gaploid 
holda bo‘ladi. Meyozda gomologik xromosomalarning har bir jufti 
gametalarda bittadan qolishini tushunish oson, modomiki, shun-
day ekan, gametalarda har bir juftda bittadan gen qoladi. Xro-
mosomalarning diploid to‘plami vujudga kelganda xromosomalar 
va undagi genlarning jufti zigotada yana tiklanadi. Boshlang‘ich 
ota-ona organizmlar gomozigota bo‘lib, bittasida dominant genli 
xromosomalar, ikkinchisida retsessiv genli xromosomalar bo‘lsa, 
birin chi bo‘g‘in duragay geterozigota bo‘lishi tushunarli. Geterozi-
gota individda jinsiy hujayralar yetilgan vaqtda meyoz jarayonida 
gomologik xromosomalar turli gametalarga o‘tib qoladi va gameta-
larda har bir juft gendan bittadan bo‘ladi.
Monoduragay chatishtirishda belgilarning ajralishini sitologik 
asoslari shundan iboratki, meyoz natijasida gomologik xromoso-
malar tarqalishi va gaploid jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishidir.
Allel genlar. No‘xat donlari rangining sariq bilan yashil rang-
ni belgilovchi geni, gul rangining oq bilan qizil rangini belgilovchi 
Gametalar
Gametalar
http:eduportal.uz


137
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
geni va boshqalar ana shunday juft genlardir. Juft genlar allel 
genlar deb ataladi. No‘xat donlari rangining sariq va yashil rangni 
belgilovchi genlari allel genlar (allellar)dir. Allel genlar gomologik, 
ya’ni juft xromosomalardan joy oladi, shunga ko‘ra meyoz ja-
rayonida ular har xil gametalarga o‘tib qoladi. 
1. Mendel gametalar sofligi gipotezasini ta’riflab bergan 
vaqtlarda fanga nimalar ma’lum emas edi?
2. Somatik hujayralarda barcha xromosomalar soni qanday
holatda bo‘ladi?
3. Monoduragay chatishtirishda belgilar ajralishining
sitologik asoslari nimadan iborat?

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling