Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsga birikkan holda nasldan naslga o‘tish.
Odam kariotipi:
chapda - ayollarniki; o‘ngda - erkaklarniki. 53 rasm. 1 2 3 4 5 6 1 2 3 4 5 6 12 11 10 9 8 7 18 17 16 15 14 13 22 21 20 19 12 11 10 9 8 7 18 17 16 15 14 13 21 20 19 22 http:eduportal.uz 156 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM xos bo‘ladi. erkak jinsi bir xildagi XX-xromosomalar juftiga ega bo‘ladi. Ma’lumki, bunday hollarda urg‘ochi jins geterogameta- li bo‘ladi, holbuki, spermiylarning hammasi xromosoma to‘plami xususida bir xil bo‘lib qolaveradi (ularning hammasida bitta X-xro- mosoma bo‘ladi). Demak, embrion jinsi tuxum hujayraning X-xro- mosomali yoki Y-xromosomali spermiy yordamida urug‘lanishi bi- lan aniqlanadi. urg‘ochi jinsning geterogametaligi kapalaklarda, qushlarda va sudralib yuruvchilarda kuzatiladi. Jinsga birikkan holda nasldan naslga o‘tish. Morgan va uning shogirdlari jinsiy xromosomalar orqali jinsni aniqlash bilan birga jinsga bog‘liq holda irsiylanishni ham aniqladilar. ularning qayd qilishicha, genlar faqat autosomalarda emas, balki jinsiy xro- mosomalarda ham joylashgan bo‘ladi. Shunday genlar ishtiroki- da rivojlangan belgilar jinsga bog‘liq holda irsiylanadi. Masalan, Drozofilada ko‘zning qizil (A), oq (a) bo‘lishini ta’min etuvchi gen jinsiy X-xromosomada joylashgan. Bu belgi jinsga bog‘liq holda irsiy lanadi. odamda ham jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar jins- ga bog‘liq holda irsiylanishi isbot etildi. Masalan, odamda gemofi- liya (qonning ivimasligi) hamda daltonizm (qizil va yashil ranglarni ajrata olmaslik) kasalliklarini belgilovchi genlar X-xromosomada joylashgan. Bu kasalliklar jinsga bog‘liq holda irsiylanadi. Gemo- filiya kasalligining X-xromosomaga birikkan holda irsiylanishi quyi- dagi sxemada keltirilgan. Gemofiliya kasalligining irsiylanishi quyidagi sxemada gemofiliya genini tashuvchi (X h X h ) ayol bilan, sog‘lom er- kak (X h Y) nikohi misolida kel- tirilgan. Bunday nikohdan tug‘il- gan o‘g‘il bolalarning yarmi gemofiliya bilan kasallan- Ga- meta- lar http:eduportal.uz 157 genetika haqida umumiy ma’lumot VI Bo‘LIM gan bo‘ladi. Y-xromosomada joylashgan genlar faqat otadan o‘g‘il bolalarga o‘tadi. hozirgi vaqtda juda ko‘p normal va patologik bel- gilarning jinsga bog‘liq holda irsiylanishi o‘rganib chiqilgan. 1. Qanday xromosomalar jinsiy xromosomalar deyiladi? 2. Qanday xromosomalar autosomalar deyiladi? 3. Qanday jinsni geterogametali va gomogametali deyiladi? Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling