Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Xloroplastlar
1. Leykoplastlar – rangsiz bo‘ladi. ular o‘simliklar ning rang-
siz qismlarida, masalan, poyasi, ildizi, tugunaklarida bo‘ladi. Leykoplastlar monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal hosil qi- lishda ishtirok etadi (ayrim leykoplastlarda oqsil va moylar ham to‘planadi). 2. Xloroplastlar – bu organoidlar o‘simliklar bargi, bir yillik novdalari va pishib yetilmagan mevalarida ko‘p bo‘ladi. Xloroplast- larda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Xloroplastlarda ATF ham sintezlanadi. 3. Xromoplastlar – har xil rangga ega plastidalar. ular gullar va mevalarga rang beruvchi karotinoidlardan iborat. Gultoji barg- lar va mevalarning har xil ranglarda sariq, qizil, zarg‘aldoq kabi bo‘lishi xromoplastlarga bog‘liq. Plastida membranalari orasidagi bo‘shliqda DNk, RNk va ribosomalar bo‘ladi. Plastidalar o‘z on- togenezida biri-ikkinchisiga aylanib turadi. Xloroplastlar xromo- plastlarga, leykoplastlar xloroplastlarga aylanadi. Lizosomalar (yunoncha – “lizeo” – eritaman, “soma” – tana degan so‘zlardan olingan) uncha katta bo‘lmagan yassi tanacha- lardir. Diametri 0,4 mkm bo‘lib, bir qavat membrana bilan o‘ralgan. Lizosomada oqsillar, uglevodlar va yog‘larni parchalaydigan 40 ga yaqin gidrolitik fermentlar bo‘ladi. Lizosomalar Golji majmuasidan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘lishi mum- kin. Lizosomalar oziq moddalarni aktiv hazm qilish layoqatiga ega bo‘lib, hujayraning hayot faoliyati natijasida nobud bo‘lgan hujay- ra qismlarini yo‘qotishda ishtirok etadi. Masalan, itbaliqning dumi lizo soma fermentlari ta’sirida yo‘q bo‘lib ketadi. Vakuolalar o‘simlik hujayralariga xos organoid bo‘lib, mem- brana bilan o‘ralgan. ular endoplazmatik to‘rning g‘ovak membra- nalari hisobiga hosil bo‘ladi. Vakuola tarkibida turli tuman organik birikmalar va tuzlar uchraydi. Vakuola shirasi hosil qiladigan osmotik bosim hujayraga suv- ning o‘tishini ta’minlaydi va uning tarang, ya’ni turgor holati- ni vujudga keltiradi. Bu o‘simliklarni mexanik ta’sirlarga nisbatan mustahkamligini ta’minlaydi. http:eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling