Sitologiya va


Silliq endoplazmatik to‘r


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Silliq endoplazmatik to‘rning membranalarida yog‘ va ug-
levodlar almashinuvida ishtirok etuvchi fermentlar bo‘ladi. Shu-
ning uchun ham uning asosiy vazifasi lipidlar va uglevodlarni sin-
tez qilishdir. Silliq endoplazmatik to‘r ayniqsa, yog‘ bezlari (yog‘ 
sintezi)da, jigar hujayralari (glikogen sintezi)da zaxira moddalar 
to‘planadigan hujayra (o‘simlik urug‘)larida ko‘p bo‘ladi. Muskul 
hujayralarida silliq endoplazmatik to‘r muskul tolalarining qisqa-
rishida ishtirok etadi.
Donador endoplazmatik to‘r membranalarida ribosomalar 
joylashgan. Shuning uchun membranasi donador ko‘rinishga ega 
bo‘ladi. Donador endoplazmatik to‘rning muhim vazifasi oqsil sin-
tezi va uni tashish bo‘lib, bu jarayonlarni ribosomalar bilan ham-
korlikda amalga oshiradi. Ribosomalar endoplazmatik to‘r mem-
branasining ustki qismida dona-dona bo‘lib joylashgan. Donador 
deb atalishi ham shu tuzilma bilan bog‘liq. Donador endoplazma-
tik to‘r oqsil ko‘p sintezlanadigan hujayralarda yaxshi rivojlangan.
Shunday qilib, endoplazmatik to‘r hujayraning umumiy ichki 
aylanma tizimi bo‘lib, uning kanallari orqali moddalar tashiladi. 
http:eduportal.uz


40
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
Ribosomalar erkin yoki endoplazmatik to‘rning tashqi yu-
zasiga birikkan holda joylashishi mumkin. Ribosomalar, deyarli 
barcha hujayralar: prokariot va eukariotlarda uchraydi. Riboso-
malar diametri 15,0–35,0 nm (1 nm=10
-9
metr) bo‘lgan ikki, ya’ni 
katta va kichik bo‘lakchalardan iborat yassi tanachalardan tashkil 
topgan. Ribosomalarda taxminan teng miqdorda oqsil va nuklein 
kislotalar mavjud. Ribosoma RNksi yadrodagi DNk molekulasi 
yordamida hosil bo‘ladi. Ribosoma yadrodagi yadrochadan sin-
tezlanadi va sitoplazmaga chiqariladi. Ribosoma hujayrada oqsil 
sintezini amalga oshiruvchi organoid bo‘lib, membranasiz orga-
noidlar qatoriga kiradi. Ribosomalarning asosiy vazifasi oqsil sin-
tezlashdir. oqsil sintezi murakkab jarayon bo‘lib, uni faqat bitta ri-
bosoma emas, balki bir necha o‘nlab ribosomalar amalga oshira-
di. ularni poliribosomalar deb ataladi. 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling