Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polisaxaridlar.
Disaxaridlar. Ikkita monosaxariddan tashkil topgan birikma
disaxaridlar deb ataladi. Bularga saxaroza (qand lavlagi shaka- ri), maltoza (don shakari), laktoza (sut shakari) misol bo‘ladi. Disa- xaridlardan biri shakar, ya’ni saxarozadir. Saxaroza bir molekula glukoza bilan bir molekula fruktozadan tuzilgan, sut shakari esa bir molekula glukoza bilan bir molekula galaktozadan tashkil topgan. Polisaxaridlar. Polisaxaridlar ichida eng ko‘p tarqalganlari kraxmal (o‘simliklarda), glikogen (hayvonlarda) va sellyulozadir. ularning monomeri glukoza hisoblanadi. Paxta tolasi deyarli toza sellyulozadan iborat. uglevodlarning ahamiyati. uglevodlar tirik organizmlarda ikkita asosiy: qurilish va energetik vazifalarni bajaradi. Masalan, sellyuloza o‘simlik hujayrasining qobig‘larini hosil qilishda ishtirok etadi; murakkab tuzilishga ega bo‘lgan xitin moddasi ham ugle- voddan iborat bo‘lib, hasharotlarni tashqi skeleti tarkibiga kiradi. Xitin zamburug‘ hujayrasi tarkibida ham uchraydi. uglevodlar hujayraning asosiy energetik manbai hisoblana- di. 1 gramm uglevod parchalanganda 17,6 kJ energiya ajralishi aniqlangan. o‘simliklarda kraxmal, hayvonlarda glikogen zaxira modda si- http:eduportal.uz 61 hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI III Bo‘LIM fatida hujayralarda to‘planadi va bu moddalar ozuqa hamda ener- giya zaxirasi vazifasini o‘taydi. 1. 2. 3. 4. uglevodlar nomi nimadan kelib chiqqan? hujayrada qanday uglevodlar bor? uglevodlar qanday xillarga bo‘linadi? uglevodlar organizmda qanday vazifalarni bajaradi? 1. 2. 3. Monsaxaridlarni tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering. Saxaroza nimalardan olinadi? Quyidagi misolni bajaring. Agar 9- sinf o‘quvchisi bir kecha kunduzda 450 g uglevodga ehtiyoj sezsa, bu miqdordagi uglevodning parchalanishidan necha kJ va kkal energiya hosil bo‘ladi? Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling