Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

biopolimerlar deb ataladi. Chunki ular bir-biriga o‘xshash tuzilish-
ga ega bo‘lgan monomerlardan, ya’ni aminokislota, nukleotid va 
monosaxaridlardan iboratdir. Lipidlar bundan istisnodir.
har bir tirik organizm yuqoridagi monomerlar asosida faqat o‘zi-
ga xos bo‘lgan biopolimerlarni hosil qilish xususiyatiga ega. Biopoli-
merlar tirik organizmlarda turli xil vazifalarni bajaradi. Bularni uch-
ta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh tuzilmalar hosil qiluv-
chi biopolimerlar bo‘lib, polisaxaridlar va ayrim oqsillardan ibo rat. 
Ikkinchi guruh biologik funksiyalarni, masalan, katalizatorlik yoki 
tashish (transport) vazifasini bajaruvchi biopolimerlar bo‘lib, ular-
ga asosan oqsillar kiradi. uchinchi guruh axborot saqlovchi infor-
matsion polimerlar bo‘lib, nuklein kislotalardan tashkil topgan.
Bulardan eng muhimlari oqsillar va nuklein kislotalardir. ug-
levodlar bilan lipidlar hujayrani energiya bilan ta’minlovchi biomo-
lekulalar hisoblanadi. Biomolekulalarning tuzilishi va bajaradigan 
vazifalariga alohida to‘xtaymiz. ular hayot faoliyatini barcha jara-
yonlarida hal qiluvchi vazifalarni bajaradi.
Shu bilan birga hujayralarda bir qator kichik molekulali orga-
nik moddalar – gormon, pigment, shakar, aminokislota, nukleotid 
va boshqalar uchraydi. Тurli tipdagi hujayralar har xil miqdordagi 
organik birikmalarni saqlaydi. Masalan, o‘simlik hujayralarida ug-
levod ko‘p bo‘ladi. hayvon hujayralarida aksincha, oqsillar ko‘p 
21­ §. Biomolekulalar 
http:eduportal.uz


59
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
uchraydi. hujayraning qaysi tipga mansubligidan qat’i nazar, un-
dagi organik moddalar o‘xshash vazifalarni bajaradi.
Biomolekulalar deb qanday moddalarga aytiladi?
Biopolimerlarga qanday moddalar kiradi?
hujayralarda qanday kichik organik birikmalar mavjud?
1.
2.
3.
1.
2.
Tirik organizmlardagi biopolimerlarning guruhlarini
ko‘rsating.
o‘simlik va hayvon organizmiga xos organik birikmalarni
ko‘rsating.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling