Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21 §. Biomolekulalar
biopolimerlar deb ataladi. Chunki ular bir-biriga o‘xshash tuzilish-
ga ega bo‘lgan monomerlardan, ya’ni aminokislota, nukleotid va monosaxaridlardan iboratdir. Lipidlar bundan istisnodir. har bir tirik organizm yuqoridagi monomerlar asosida faqat o‘zi- ga xos bo‘lgan biopolimerlarni hosil qilish xususiyatiga ega. Biopoli- merlar tirik organizmlarda turli xil vazifalarni bajaradi. Bularni uch- ta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh tuzilmalar hosil qiluv- chi biopolimerlar bo‘lib, polisaxaridlar va ayrim oqsillardan ibo rat. Ikkinchi guruh biologik funksiyalarni, masalan, katalizatorlik yoki tashish (transport) vazifasini bajaruvchi biopolimerlar bo‘lib, ular- ga asosan oqsillar kiradi. uchinchi guruh axborot saqlovchi infor- matsion polimerlar bo‘lib, nuklein kislotalardan tashkil topgan. Bulardan eng muhimlari oqsillar va nuklein kislotalardir. ug- levodlar bilan lipidlar hujayrani energiya bilan ta’minlovchi biomo- lekulalar hisoblanadi. Biomolekulalarning tuzilishi va bajaradigan vazifalariga alohida to‘xtaymiz. ular hayot faoliyatini barcha jara- yonlarida hal qiluvchi vazifalarni bajaradi. Shu bilan birga hujayralarda bir qator kichik molekulali orga- nik moddalar – gormon, pigment, shakar, aminokislota, nukleotid va boshqalar uchraydi. Тurli tipdagi hujayralar har xil miqdordagi organik birikmalarni saqlaydi. Masalan, o‘simlik hujayralarida ug- levod ko‘p bo‘ladi. hayvon hujayralarida aksincha, oqsillar ko‘p 21 §. Biomolekulalar http:eduportal.uz 59 hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI III Bo‘LIM uchraydi. hujayraning qaysi tipga mansubligidan qat’i nazar, un- dagi organik moddalar o‘xshash vazifalarni bajaradi. Biomolekulalar deb qanday moddalarga aytiladi? Biopolimerlarga qanday moddalar kiradi? hujayralarda qanday kichik organik birikmalar mavjud? 1. 2. 3. 1. 2. Tirik organizmlardagi biopolimerlarning guruhlarini ko‘rsating. o‘simlik va hayvon organizmiga xos organik birikmalarni ko‘rsating. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling