Sitologiya va


­ §. 2­ laboratoriya mashg‘uloti


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

17­ §. 2­ laboratoriya mashg‘uloti
O‘simlik va hayvon hujayralarining tuzilishini 
mikroskop yordamida o‘rganish
Ishning maqsadi. hujayralarining tuzilishini mikroskop yordami-
da o‘rganish. 
Kerakli jihozlar. Mikroskop, buyum va qoplovchi oyna, filtr 
qog‘oz, qizil piyoz epidermisi, odamning og‘iz bo‘shlig‘idagi shilliq qa-
vat hujayralari, yod eritmasi, toza qoshiqcha.
Ishning borishi. 1. Piyoz epidermisi hujayralarini kuzatish. 
o‘sim lik hujayrasi holatining rasmini chizing.
2. og‘iz bo‘shlig‘idagi shilliq qavat hujayralarini kuzatish.
a) toza buyum va qoplag‘ich oynalarni tayyorlab, buyum oynasi 
o‘rtasiga ikki tomchi yod eritmasidan tomizing.
b) og‘zingizni oching va toza qoshiq bilan yuz lunjining ichki to-
moni yuzasidan qoshiqchani bir necha marta yurgazib olingan namu-
nadan mikropreparat tayyorlab uni mikroskopda kuzating.
http:eduportal.uz


52
HUJAYRA HAQIDAGI TA’LIMOT
II BO‘LIM
d) hujayraning shakli, donador sitoplazma va yadroga e’tibor 
bering.
e) o‘simlik va hayvon hujayralarining farqini aniqlang.
.
18­ §. 3­ laboratoriya mashg‘uloti
O‘simlik hujayrasida plazmoliz va deplazmolizni 
kuzatish
Ishning maqsadi. elodeya o‘simligi hujayrasida plazmoliz va de-
plazmolizni o‘rganish.
hujayra shirasida suvda eriydigan birikmalar ko‘p bo‘ladi. Agar 
biz hujayrani tuzli eritmaga botirsak, hujayra tarkibidagi suv, hujayra 
tashqarisiga chiqa boshlaydi. Bunda hujayra tarangligi yo‘qolib hu-
jayra pardasi asta-sekin burisha boshlaydi. Bu hodisa plazmoliz deb 
ataladi. Agar shu hujayra yana toza suvga botirilsa, u o‘zining avvalgi 
holatiga qaytadi, ya’ni deplazmoliz hodisasi ro‘y beradi.
Kerakli jihozlar. Buyum va qoplovchi oyna, qizil piyoz, elo deya 
1 m NaCl eritmasi, mikroskop, pinset. 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling