Sitologiya va
§. Oqsillar. Aminokislotalar
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsillarning tuzilishi.
24 §. Oqsillar. Aminokislotalar
hujayradagi organik moddalar ichida oqsillar miqdor va aha- miyati jihatidan birinchi o‘rinni egallaydi. oqsillar yuqori moleku- lali kolloid birikma bo‘lib, aminokislotalardan tashkil topgan. ular gid roliz qilinsa, aminokislotalarga parchalanadi. oqsillarning ele- mentar tarkibi uglerod 50–54 %, vodorod 6,5–7,3 %, kislorod 21–23 %, azot 16 % hamda oltingugurt 0,5 % dan iborat. ular ning tarkibida ba’zan fosfor ham uchraydi. oqsillar hujayradagi boshqa organik birikmalardan o‘zlarining yuqori molekular massaga ega bo‘lishlari va tarkibida azot atomlari tutishi bilan farq qiladi. Oqsillarning tuzilishi. organik moddalar ichida eng murak- kabi oqsillardir. ular polimerlar guruhiga kiradi. Polimer molekulasi uzun zanjirdan iborat bo‘lib, bu zanjirda nisbatan oddiy bo‘ladigan monomerlar bir necha marta takrorlanadi. Monomerni A harfi bilan belgilaydigan bo‘lsak, u vaqtda polimer strukturasini quyidagicha A-A-A-A-...A tasvirlash mumkin. Tabiatda oqsillardan tashqari, boshqa polimerlar ham ko‘p, masalan, sellyuloza, kraxmal, kauchuk. ular bir xil monomer- lardan, nuklein kislotalar esa to‘rt xil monomerdan tashkil topgan. oqsil mono meri aminokislotalardir. oqsil molekulasi faqat ami- nokislotalardan tuzulgan bo‘lsa ham bu monomerlar bir xil emas, http:eduportal.uz 64 HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI III BO‘LIM oqsil molekulasi tarkibiga bir-biridan farq qiladigan 20 xil amino- kislota kiradi. oqsillar tarkibidagi aminokislotalar halqasiz (asiklik) aminokislotalar halqali (siklik) aminokislotalar 1. Glitsin 8. Leysin 15. Fenilalanin 2. Alanin 9. Izoleysin 16. Tirozin 3. Serin 10. Treonin 17. Triptofan 4. Sistein 11. Lizin 18. Gistidin 5. Sistin 12. Arginin 19. Prolin 6. Metionin 13. Asparagin kislota 20. oksiprolin 7. Valin 14. Glutamin kislota Aminokislotalar peptid bog‘ orqali o‘zaro birikadi va polipep- tid zanjirlarni hosil qiladi. Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar juda ko‘p va xilma xil bo‘lib, har bir oqsil o‘ziga xos ami- nokislotalar ketma-ketligidan iborat. oqsil molekulalari ipsimon yoki yumaloq shakllarga ega bo‘ladi (21- rasm). Aminokislotalar — quyi molekulali organik birikmalar bo‘lib, or- ganik karbon kislotalarning hosilalaridir. Aminokislota organik kis- lota molekulasida bir yoki bir nechta vodorod atomining aminogu- ruh Nh 2 bilan almashinishidan hosil bo‘ladi. ko‘pincha Nh 2 guruh karboksil guruhiga (Cooh) qo‘shni uglerod atomining vodorodi o‘rniga kiradi. Aminokislotalar asosan bir xil sxemada tuzilgan. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling