Sitologiya va
§. Oqsil tarkibi. Oqsil tuzilishi
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
25 §. Oqsil tarkibi. Oqsil tuzilishi
har bir tirik organizmda ko‘plab turli-tuman oqsillar bo‘la- di. Shu bilan birga har bir turda faqat uning o‘ziga xos, alohida oqsillar bo‘ladi. har xil hayvon turlarida bir xil vazifani bajaradi- gan oqsillarning o‘zi ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, barcha umurtqali hayvonlar – baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchi- lar, qushlar, sut emizuvchilarning eritrotsitlarida gemoglobin oqsili bo‘ladi, u barcha hayvonlarda bir xil vazifani bajaradi, ya’ni kislo- http:eduportal.uz 67 hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI III Bo‘LIM rod tashiydi. Biroq, har bir turdagi hayvonning o‘ziga xos, alohi- da tuzilishi va xossalari jihatidan boshqa hayvonlarning gemoglo- binidan farq qiladigan gemoglobini bor. oqsillarning nihoyat darajada xilma-xil bo‘la olishini izohlab berish uchun oqsillardagi aminokislotalarning tarkibi, aminokislota halqalarining soni, polipeptid zanjirida navbatlanib borish tartibi ji- hatidan bir-biridan farq qilishini hisobga olish kerak. Bitta aminokislotaning kattaligi 0,35–0,37 nm ga tengligini hisobga oladigan bo‘lsak, ravshanki, bir necha yuz aminokislota qoldig‘idan tarkib topgan oqsil makromolekulasi uzunligi bir necha o‘nlab nanometrlarga borishi mumkin edi. Lekin oqsil molekula- larining o‘lchamlari ancha kichik. ulardan ba’zilarining diametri 5–7 nm keladigan sharchalar ko‘rinishida bo‘ladi. oqsil polipep- tid zanjiri ma’lum bir qonuniyat asosida buralgan, ma’lum bir ko‘ri- nishda to‘plangan. oqsil molekulasining tuzilishini to‘la izohlab berish uchun uning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi tuzilishlari- ni bilish kerak. Bulardan birinchisi eng oddiysi polipeptid zanjiri, ya’ni peptid bog‘lar bilan o‘zaro bog‘langan aminokislotalar zan- jiridan iboratdir. Bu tuzilish oqsilning birlamchi tuzilishi deb ata- ladi. Birlamchi tuzilishda aminokislotalar o‘zaro peptid bog‘i orqali birikkan bo‘ladi. Polipeptid zanjiri ko‘pincha to‘liq va qisman spiral bo‘lib buraladi. Bu oqsilning ikkilamchi tuzilishidir. Bunda ami- nokislota radikallari spiral tashqarisida qoladi. Spiral o‘ramlari zich bo‘lib joylashadi. Bir marta buralgan spiralda turgan Nh-guruh lari bilan qo‘shni o‘ramdagi Co-guruhi o‘rtasida vodo rod bog‘lari hosil bo‘ladi. Vodorod bog‘lari kovalent bog‘larga qa raganda ancha bo‘sh, lekin ular juda ko‘p takrorlanadi, shu sababli mustahkam bog‘ hosil qiladi. Ikkilamchi tuzilishli oqsillarga keratin, kollagen mi- sol bo‘la oladi. Polipeptid spirali yana taxlanib boradi. u har bir oqsilda ma’lum ravishda, o‘ziga xos tarzda o‘raladi. Natijada uchlam- Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling