Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

23­ §. Lipidlar
Suvda erimaydigan organik birikmalar lipidlar yoki yog‘lar 
deb ataladi. Bu guruhga mansub birikmalar turli-tumanligi bi-
lan ajralib turadi. Bulardan keng tarqalgani oddiy lipidlar – ney-
t ral yog‘lardir. hayvonlarning neytral yog‘lari — yog‘lar, o‘simlik 
yog‘lari esa — moylar deb ataladi. Moylar odatdagi haroratda 
suyuq bo‘ladi.
Yog‘larning hujayradagi asosiy vazifasi energiya manbai si-
fatida namoyon bo‘lishidir. Yog‘larning kaloriyasi karbonsuvlarga 
nisbatan 1,5–2,0 barobar yuqori bo‘ladi. 1 gramm yog‘ning to‘liq 
parchalanishi natijasida 38,9 kJ energiya ajralib chiqadi. hujay-
radagi yog‘ning miqdori 5–15 % atrofida bo‘ladi. Yog‘ to‘qimalari-
ning hujayralarida yog‘ning miqdori 90 % gacha boradi. Qishki 
uyquga moyil bo‘lgan hayvonlar organizmida yog‘lar ortiqcha miq-
dorda to‘planadi. umurtqali hayvonlarning teri ostida ham yog‘lar 
to‘planib, u issiqni saqlash vazifasini bajaradi. Yog‘larning parcha-
lanishidan hosil bo‘ladigan moddalardan biri suvdir. 1 kg yog‘ ok-
http:eduportal.uz


62
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
sidlanganda 1,1 litr suv hosil bo‘ladi. Bu metabolik suv cho‘l hay-
vonlari uchun o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Tuya o‘rkachida to‘plan-
gan yog‘ energiya manbai emas (ko‘pincha shunday noto‘g‘ri 
tushuncha mavjud) balki suv manbayi hisoblanadi. o‘simliklar-
ning urug‘larida ham moylar zaxira modda sifatida ko‘p miqdorda 
to‘planadi. Bularga moyli o‘simliklardan kungaboqar, zig‘ir, g‘o‘za, 
soya, maxsar va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Oddiy lipidlar kimyoviy jihatdan glitserin va yog‘ kislotasidan 
iborat. oddiy lipidlarning yana bir vakili mumlardir. o‘simlik va 
hayvonlar bu moddadan suvni yuqtirmaslik maqsadida foydalana-
di. Mumdan, asalarilar uya quradi.
Tirik organizmlarning hujayralarida murakkab lipidlar ham 
muhim ahamiyatga ega. Murakkab lipidlar tarkibida glitserin va 
yog‘ kislotasidan tashqari qo‘shimcha birikmalar bo‘ladi. Bulardan 
biri fosfolipidlar bo‘lib, hujayra membranalari tarkibiga kiradi. ular 
membranalarni hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega hisoblana-
di. Lipidlar oqsillar bilan birikib lipoproteinlarni hosil qiladi. Lipo-
proteinlar transport (tashish) va qurilish (membranalarni) vazifasi-
ni bajaradi.
Murakkab lipidlarga glikolipidlar ham taalluqlidir. Bular hu-
jayra membranalari tarkibida uchraydi. Lipidlarga yana bir guruh 
moddalar steroidlar ham kiradi. ular o‘simlik va hayvon organizm-
larida keng tarqalgan. organik kislota va ularning tuzlari, jinsiy 
gormonlar, vitaminlar, xolistirol va boshqalar shular jumlasidandir. 
Bular bir qator muhim fiziologik va biokimyoviy jarayonlar bilan 
bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajaradi.
1.
2.
3.
4.
Qanday birikmalar lipidlar deb ataladi?
Yog‘lar organizmda qanday vazifalarni bajaradi?
Lipidlar qanday xillarga ajratiladi?
oddiy va murakkab lipidlarga misollar keltiring. 
http:eduportal.uz


63
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
1.
2.
Lipidlar kimyoviy strukturasi jihatidan qaysi moddalardan 
tashkil topganligini tushuntiring.
Murakkab lipidlar bilan oddiy lipidlarni xususiyatlarini 
taqqoslang.
Odam organizmining fizilogik ehtiyojiga ko‘ra bir kecha-kun-
duzgi ovqat tarkibidagi yog‘ miqdori 80–110 gramm bo‘lishi ke-
rak. Agar 15–16 yoshli o‘quvchining bir kecha-kunduzdagi iste’mol 
qilgan ovqati tarkibida 95 gramm yog‘ bo‘lsa, bu miqdordagi 
yog‘ning to‘liq parchalanishi natijasida qancha kkal va qancha kJ 
energiya hosil bo‘ladi?

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling