Sitologiya va


­ §. Oqsillarning funksiyasi


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

27­ §. Oqsillarning funksiyasi
hujayrada oqsillar turli xil funksiyalarni bajaradi. 
qurilish funksiyasi — oqsillar hujayra va uning organoidlari 
membranasini hamda membranasiz organoidlarni hosil qilishda 
ishtirok etadi. oqsil membraning ajralmas qismidir.
oqsillarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri katali­
zatorlik funksiyasidir. hujayra katalizatorlari odatda fermentlar 
deb ataladi. hujayrada kechadigan moddalar almashinuvi jarayo-
nini fermentlar ta’minlab beradi. Barcha fermentlar oqsil tabiat-
ga ega bo‘lib hujayraning o‘zida sintezlanadi. hujayra ichida fer-
mentlar bir vaqtning o‘zida yuzlab minglab reaksiyalarni tezlata-
di. hujayradagi har bir reaksiyaning ketishi uchun ayrim ferment 
ke rak bo‘ladi. Ya’ni har bir ferment alohida birikmaga tanlab ta’sir 
ko‘rsatish xususiyatiga ega. 
Signal funksiyasi — hujayra membranasining yuza qismi-
da o‘zi ning uchlamchi strukturasini tashqi muhit omillari ta’sirida 
o‘zgartira oladigan oqsil (radopsin) molekulalari joylashgan. Tash-
qi muhitdan signallar qabul qilish va hujayraga axborot berib tu-
rish oqsil strukturalarni o‘zgarishi orqali amalga oshadi.
Harakat funksiyasi — yuksak hayvonlarning hujayralari 
uchun zarur bo‘lgan harakatlarining hamma turlari, sodda hayvon-
larda kipriklarning tebranishi, xivchinlar ning harakatlanishi maxsus 
qisqaruvchi oqsillar faoliyati tufayli amalga oshadi.
Transport funksiyasi — bu oqsillarning o‘ziga kimyoviy ele-
mentlar yoki biologik faol moddalarni biriktirib olishi va xilma-xil 
to‘qima hamda organlarga yetkazib berishidir. eritrotsit tarkibidagi 
gemoglobin oqsili kislorodni biriktirib olib barcha to‘qima va organ-
larga tashib beradi, organlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan kar-
bonat angidrid gazini o‘pkaga olib keladi.
Himoya funksiyasi – organizmga yot zarrachalar, begona 
oqsillar yoki mikroorganizmlar o‘tganda leykositlardan antitana va 
http:eduportal.uz


72
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
antitoksinlar ishlab chiqib ularga qarshi kurashadi. Antitana va an-
titoksinlar ta’sirida immunitet hosil bo‘ladi. 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling