Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Zaxira funksiyasi — ayrim oqsillar sut, tuxum, o‘simlik 
donlari da zaxira holatda to‘planib embrion, murtak uchun ozuqa 
sifatida sarf bo‘ladi. 
Energetik funksiyasi — oqsillar muhim energiya manbayi 
hamdir. 1 g oqsil kislorod ta’sirida to‘liq parchalanganda 17,6 kJ 
ener giya ajralib chiqadi.
oqsillar gormon vazifasini ham bajaradi. Masalan, insulin 
gormoni oqsil tabiatiga ega bo‘lib, qonda glukoza miqdorini na-
zorat qilib turadi. umuman tirik organizmlarga xos bo‘lgan barcha 
vazifalarni bajarish oqsil molekulalari tomonidan amalga oshiriladi.
1. hujayrada oqsillar qanday funksiyalarni bajaradi?
2. oqsilning katalizator funksiyasi nimadan iborat?
3. oqsillarning transport funksiyasini tushuntiring.
4. Quyidagi masalaning javobini hisoblab toping.
Agar 15

16 yoshli o‘quvchining bir kecha-kunduzdagi iste’mol qil-
gan ovqati tarkibida 100 gramm oqsil, 95 gramm yog‘, 400 gramm ugle-
vod bo‘lsa, bu miqdordagi oqsil, yog‘ va uglevodning parchalanishi nati-
jasida biomolekulalar (a), biopolimerlar (b) dan necha kkal va qancha kJ 
ener giya hosil bo‘lishini aniqlang. 
28­ §. 
Nuklein kislotalar
“Nuklein kislotalar” degan atama lotincha “nukleus”, ya’ni 
yadro so‘zidan olingan. Nuklein kislotalar birinchi marta 1869- 
yilda shvetsariyalik vrach F.Misher tomonidan leykotsitlar yadro-
sidan topilgan. Nuklein kislotalar ikki xil bo‘ladi: DNk — dezoksiri-
bonuklein kislota va RNk — ribonuklein kislota. 
DNk asosan hujayraning yadrosida, shuningdek mitoxondriya 
va plastidalar tarkibida uchraydi. RNk esa yadro, sitoplazma, mi-
toxondriya, plastida va ribosomalar tarkibida uchraydi.
http:eduportal.uz


73
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
Nuklein kislotalarning biologik ahamiyati nihoyatda katta. ular 
hujayra oqsillarining sintezlanishida, irsiy axborotlarning nasldan 
naslga o‘tishida muhim rol o‘ynaydi. DNkdagi irsiy axborotni berili-
shi tufayli avlodlar o‘z ota-onasiga o‘xshash bo‘ladi.
DNK. Barcha hujayralar – hayvon va o‘simliklar hujayralari-
da irsiy axborotni saqlovchi tuzilma rolini DNk bajaradi. DNk 
orga nik birikmalar ichida strukturasi jihatidan o‘ziga xos tuzilgan 
birikmadir. DNK qo‘sh spiral. DNK molekulasi bir-birining atrofida 
spiral bo‘lib buralgan ikkita zanjirdan iborat ekanligi 22- rasmda 
ko‘rinib turibdi. DNK qo‘sh spirali o‘rtasidagi masofa 2 nm atrofida 
bo‘ladi. uning uzunligi esa bir necha o‘n ming hatto bir necha yuz 
ming nanometrga yetishi mumkin. DNk spiralidagi qo‘shni nukleo-
tidlar orasida masofa 0,34 nm ga teng bo‘ladi. 
har bir DNk molekulasi polimer bo‘lib, uning monomerlari 
nukleotidlardir. Nukleotid tarkibi uchta modda azotli asos, ugle-
vod (dezoksiriboza) va fosfat kislotasi qoldig‘idan iborat kimyo-
viy birikmadir. DNk molekulasi to‘rt xil nukleotidlarni birikishidan 
hosil bo‘lgan. Nukleotidlar bir-biridan faqat azotli asosi bilan farq 
qiladi. Nukleotidlar nomi tarkibidagi azotli asos nomi bilan atala-
di. Shunga ko‘ra ularni: adeninli azotli asos adenin (A) nukleotid, 
guaninli (G), timinli (T) nukleotid va sitozinli (C) nukleotid deb ata-
ladi. kattaliklari jihatidan A-G ga T-C ga teng bo‘ladi. har bir nuk-
leotidlarninig o‘rtacha molekular massasi 345 ga teng. DNk qo‘sh 
spiral, uning qo‘sh spirali hosil bo‘lishida DNk iplarining bir-biriga 
nisbatan qanday joy olishini va ularni qanday kuchlar bog‘lab tu-
rishini ko‘rib chiqaylik.
DNk qo‘sh spiralini shakllanishida nukleotidlar o‘rtasida-
gi komplementarlik (lotincha “komplement” – to‘ldirish so‘zidan 
olingan) asosiy ahamiyatga ega. A (adenin) doimo T (timin) ga, 
G (guanin) doimo C (sitozin)ga komplementar. Agar DNkning 
bir zanjirida A(adenin) bo‘lsa hamisha ikkinchi zanjirda T (timin), 
bir zanjirda G (guanin) bo‘lsa, uning qarshisida doimo C (sito-
zin) bo‘ladi. Nukleotidlar shu tariqa joy olgandagina, qo‘sh spiral 
http:eduportal.uz


74
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
orasidagi masofa butun DNk bo‘ylab bir xil bo‘lishi ta’minlanadi va 
qarama-qarshi turgan nukleotidlar o‘rtasida juda ko‘plab vodorod 
bog‘lar vujudga keladi. A (adenin) bilan T (timin) o‘rtasida ikkita, 
G (guanin) bilan C (sitozin) o‘rtasida uchta vodorod bog‘ bo‘ladi. 
Shuning uchun ham doimo adenin timinga, guanin sitozinga kom-
plementar bo‘ladi (22- rasm). 
DNkning tuzilishini amerikalik biolog J.uotson va angliyalik 
fizik olim F.Krik tomonidan 1953- yilda kashf etilgan.
RNK. RNk molekulasi ham DNk molekulasi kabi polinukleo-
tid zanjirdir, lekin DNkdan farq qilib, RNk molekulasi bir zanjirli 
bo‘ladi. Xuddi DNkdagidek, RNk strukturasi ham to‘rt xil nukleo-
tidlarning navbatlashib borishi bilan yuzaga keladi, lekin RNk nuk-
leotidlarining tarkibi DNk nukleotidlaridan bir oz farq qiladi, ya’ni 
RNkdagi uglevod dezoksiriboza emas, balki ribozadir, ribonuk-
lein kislota degan so‘z ham RNk uglevodidan kelib chiqqan. RNk 
tarkibida ham azotli asoslar A,G,C bo‘ladi lekin azotli asos timin 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling