Sitologiya va
Plastik almashinuv (anabolizm)
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
Plastik almashinuv (anabolizm). Anabolizm jarayonida ti rik
organizmlarda moddalarning hosil bo‘lishi, ya’ni sintezla nish ja- rayoni kuzatiladi. Bunda organizm tashqi muhitdan har xil mod- dalarni qabul qiladi va ularni o‘zlashtiradi. odam iste’mol qilinadi- gan bir kunlik ozuqaning energiyasi – 3000 kkalga teng keladi. http:eduportal.uz 78 MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM IV Bo‘LIM Bu o‘zlashtirilgan mahsulotlar hujayrada kechadigan sintezlanish reaksiyalari uchun mahsulot sifatida sarf bo‘ladi. hujayrada oqsil- lar, uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalar sintezlanadi. Ayniqsa, o‘sayotgan hujayralarda assimilyatsiya reaksiyalari jadal bora- di. Lekin to‘liq shakllanib bo‘lgan hujayralarda ham doimo sarf bo‘lgan organik moddalar o‘rniga yangilari sintezla nib turadi. hu- jayrada boradigan moddalarning sintezlanish jarayoni biologik sin- tez yoki qisqacha aytganda biosintez deb ataladi. Barcha biosin- tez reaksiyalari energiya yutilishi bilan amalga oshadi. hujayrada boradigan oqsil, uglevod, lipid va nuklein kislota kabilar ning sin- tezlanishi plastik almashinuvga misoldir. Biosintez reaksiyalarining yig‘indisi plastik almashinuv yoki assimilyatsiya deb ataladi. Fer- mentlar yordamida oddiy kichik molekulali moddalardan murakkab yuqori molekulali birikmalar: aminokislotalardan oqsillar, monosa- xaridlardan esa murakkab uglevodlar hosil bo‘ladi. Azotli asoslari esa nukleotidlar hosil qilishda ishtirok etadi va ulardan nuklein kislotalar shakllanadi. Xuddi shu tartibda oddiy asetat kislotalar- dan murakkab yog‘ kislotalari paydo bo‘ladi. ular glitserin modda- si bilan reaksiyaga kirishib yog‘larni va moylarni hosil qiladi. Bio- sintetik reaksiyalar har bir individ va turga xos bo‘lgan xususiyat- lar asosida farqlanib turadi. Natijada oqsil – fermentlar yordamida hosil bo‘ladigan yirik organik molekulalar tuzilishi DNk tarkibidagi nukleotidlarning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Bu esa o‘z navbati- da mazkur hujayraning genlar to‘plami genotip bilan bog‘liq. hosil bo‘lgan moddalar o‘sish jarayonida hujayra va ularning organoidlarini hosil qilish hamda sarflangan yoki parchalangan molekulalarni tiklash uchun ishlatiladi. Barcha sintez (hosil qiluv- chi) reaksiyalari energiyani yutilishi orqali ro‘y beradi. Parchala- nish reaksiyalarida esa aksincha, ener giya ajralib chiqadi. Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling