Sitologiya va


­ §. Energiya almashinuvi bosqichlari


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

32­ §. Energiya almashinuvi bosqichlari
Tirik organizmlar hujayrasida kechadigan energiya almashinu-
vi jarayonini uchta bosqichga ajratish mumkin. 
Birinchi bosqich — tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, bunda ug-
levodlar, yog‘lar, oqsillar, nuklein kislotalarning yirik molekulalari 
oddiy molekulalarga parchalanadi. Misol uchun, kraxmal gluko-
zagacha, yog‘lar yog‘ kislotasi va glitseringacha, oqsillar amino-
kislotalargacha parchalanadi. Bu bosqichda parchalanish natijasi-
da hosil bo‘lgan energiyaning barchasi issiqlik energiyasi sifatida 
tashqi muhitga ajraladi.
Ikkinchi bosqich — glikoliz, ya’ni kislorodsiz (anaerob) 
parchalanish deyiladi. odam, ko‘pgina hayvonlar va mikroorga-
nizmlar hujayrasida asosiy energiya manbai glukoza hisoblana-
di. Glikoliz ketma-ket keluvchi bir qancha fermentativ reaksiyalar 
yig‘indisidan iboratdir. uning hosil bo‘lishida o‘ndan ortiq oraliq 
reaksiyalar hosil bo‘ladi. Glikolizning umumiy yig‘indi tenglamasini 
quyidagicha tasavvur etish mumkin:
C
6
h
12
o

+ 2h
3
Po
4
+ 2ADF = 2C
3
h
6
o
3
+ 2ATF + 2h
2
o.
Glikoliz jarayonida kislorod ishtirok etmasligi reaksiya teng-
lamasidan ham ko‘rinib turibdi (shuning uchun ham kislorodsiz 
bosqich deb ataladi). Glikolizda doimo 
h
3
Po
4
va ADF ishtirok eta-
di. ushbu ikkala modda hamisha hujayrada bo‘ladi, chunki hu-
jayraning hayot faoliyati natijasida ular doimo hosil bo‘lib turadi. 
Glikoliz jarayonida glukoza molekulasi parchalanib, ikki molekula 
ATF va ikki molekula sut kislotasi molekulalari hosil bo‘ladi. Nati-
6. Biologiya, 9- sinf.
http:eduportal.uz


82
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
jada 200 kJ energiya ajralib chiqadi. Bu energiyaning 60 % issiq-
lik sifatida ajraladi, 40 % esa ATF sifatida tejaladi.
Glikoliz jarayoni barcha hayvon hujayralarida va ba’zi mikro-
organizmlarning hujayralarida amalga oshadi. Spirtli achish ham 
glikoliz singari bir qancha fermentativ reak 
siyalar zanjiridan ibo-
rat. Spirtli achish natijasida Co
2
, etil spirti, ATF va suv hosil bo‘la-
di. Spirtli achishda ham 200 kJ energiya va 2 molekula ATF hosil 
bo‘ladi. Spirtli achishning umumiy reaksiya tenglamasi quyidagicha:
C
6
h
12
o

+ 2h
3
Po
4
+ 2ADF = 2C
2
h
5
oh + 2ATF + 2h
2
o + 2Co
2
.
endi oddiy hisoblab ko‘raylik, bir molekula glukozaning kislo-
rodsiz parchalanishi natijasida 200 kJ energiya hosil bo‘ladi. Bir 
molekula ADFning ATFga aylanishidan 40 kJ energiya ATF da te-
jaladi. kislorodsiz parchalanish jarayonida 2 molekula ATF hosil 
bo‘ladi. Shunday qilib, 2 x 40 = 80 kJ hosil bo‘ladi. Ya’ni 80 kJ 
energiya ATFda tejaladi. 120 kJ energiya issiqlik sifatida tarqaladi.
uchinchi bosqich – kislorodli (aerob) parchalanish, ya’ni 
to‘la parchalanish hisoblanadi. Bu jarayon amalga oshishi uchun 
kislorod bo‘lishi shart. Aerob oksidlanish mitoxondriyada amalga 
oshadi. Aerob parchalanishning har bir oraliq bosqichida anae-
rob parchalanish singari energiya ajraladi. Ammo bu bosqichlarda 
ajraladigan energiya miqdori anaerob parchalanishda ajraladigan 
energiyaga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Natijada kislorodli par-
chalanish natijasida 2600 kJ energiya hosil bo‘ladi. Glikoliz nati-
jasida hosil bo‘lgan 2 molekula sut kislotasi mitoxondriyada kislo-
rod ta’sirida parchalanganda 36 molekula ATF hosil bo‘ladi. Shun-
day qilib kislorodli parchalanishning umumiy reaksiya tenglamasi-
ni quyidagicha yozish mumkin.
2C
3
h
6
o
3
+ 6o
2
+ 36h
3
Po
4
+ 36ADF = 6Co
2
+ 36ATF + 42h
2
o.
kislorodli parchalanishdan hosil bo‘lgan 2600 kJ energiyaning 
44,6 % issiqlik sifatida ajraladi, 55,4 % ATFda to‘planadi.
kislorodli parachalanish bosqichi qanday ahamiyatga ega 
ekanligi yuqoridagi reaksiya tenglamalaridan ravshan bo‘ldi. Bir 
http:eduportal.uz


83
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
molekula glukoza kislorodsiz parchalansa 200 kJ energiya ajralib 
chiqsa, kislorodli parchalanishda esa 2600 kJ ajraladi. kislorodsiz 
parchalanishda 2 mole kula ATF, kislorodli parchalanishda esa 36 
molekula ATF hosil bo‘ladi.
Glukoza to‘liq parchalanganda 2 + 36 = 38 ATF hosil bo‘la-
di. Shunday qilib, 38 x 40 = 1520 kJ energiya ATFda to‘planadi. 
Glu koza to‘liq parchalanganda 200 + 2600 = 2800 kJ hosil bo‘la-
di. hujayra hayotida ko‘pincha shunday sharoitlar yuzaga keladi-
ki, bun 
da kislorodli parchalanishning amalga oshishi qiyin yoki 
amalga oshmay qoladi (kislorod yetishmaganda, mitoxondriyalar 
shikastlanganda). Bunday hollarda hujayra hayoti uchun zarur 
bo‘lgan ATFni faqat kislorodsiz jarayondan foydalaniladi. Buning 
uchun normadagiga nisbatan 20 barobar ko‘p glukoza sarflash 
kerak bo‘ladi.
1. energiya almashinuvi qanday bosqichlarga ajratiladi?
2. kislorodsiz parchalanishning mohiyati nimada?
3. kislorodli parchalanish mohiyati nimadan iborat?
4. Glukoza va ATFning molekular massasi qanchaga teng?

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling