Sitologiya va


Fotosintezning yorug‘lik bosqichi


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Fotosintezning yorug‘lik bosqichi. Fotosintez ko‘p bos-
qichli murakkab jarayondir. Fotosintez xloroplastning ko‘rinadigan 
yorug‘lik nuri bilan yoritilishidan boshlanadi. Foton xlorofill mole-
kulasiga tushib, uni qo‘zg‘algan holatga keltiradi, uning elektron-
lari yuqori orbitalarga sakrab o‘tadi. Shunga ko‘ra, elektronlarning 
molekulalardan uzilishi osonlashadi. Qo‘zg‘algan elektronlarni biri 
http:eduportal.uz


85
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
tashuvchi molekulaga o‘tadi va bu molekula uni olib, membrana-
ning ikkinchi tomoniga olib o‘tadi. Xlorofill molekulasi suv moleku-
lasidan elektron olib, o‘zining yo‘qotgan elektroni o‘rnini to‘ldiradi. 
elektronlarni yo‘qotishi natijasida suv molekulalari protonlar 
va kislorod atomlariga parchalanadi.
Yorug‘lik ta’sirida suv disso-
tsialanishi fotoliz deb ataladi. Fotoliz natijasida hosil bo‘lgan 
vodorod atomi organik birikmalar bilan kuchsiz bog‘ hosil qilib biri-
kadi. Gidroksil ionlar, ya’ni oh
-
esa o‘zining elektronini boshqa 
mole kulalarga beradi va erkin radikalga aylanadi. oh
-
radikallar 
o‘zaro bir-biri bilan reaksiyaga kirishib suv va molekula holatdagi 
o

ni hosil qiladi (23- rasm)
4oh 

o
2
+ 2h
2
o.
Fotosintez jarayonida ajralib chiqadigan kislorod manbai suv 
hisoblanadi. Yorug‘lik energiyasi fotolizdan tashqari ADF va fos-
fatdan kislorod ishtirokisiz ATF sintezi uchun ham foydalaniladi. 
Bu jarayon juda samarali bo‘lib, shu o‘simlik mitoxondriyalarda 
sintezlanadigan ATF ga nisbatan xloroplastlarda 30 barobar ko‘p 
ATF sintezlanadi. Shunday yo‘llar bilan fotosintezning qorong‘ulik 
bosqichida kechadigan reaksiyalar uchun zarur bo‘lgan energiya 
to‘planadi. Fotosintezning yorug‘lik bosqichida uchta muhim jara-
yon: suv fotolizi natijasida molekular kislorod va atomar vodorod-
ning hosil bo‘lishi va ATF sintezi amalga oshadi.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling