Sitologiya va


DNK reduplikatsiyasi DNK qo‘sh spi ra-


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

DNK reduplikatsiyasi DNK qo‘sh spi ra-
lining yoyilishi: eski nukleotidlar oldida 
yangi nukleotidlarning sintezla nishi. 
Yangi DNKning qo‘sh spirali hosil bo‘ladi.
Interfaza
DNk
redupli-
katsiyasi 
 Hujayraning mitotik sikli.
26­ rasm.
27­ rasm.
http:eduportal.uz


97
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
3. Sintezdan keyingi davr G
2
harfi bilan belgilanadi. Bu davr 
hujayraning mitozga tayyorgarligini yakunlaydi. Bu davrda oqsil 
va RNk sintezi davom etadi. Interfaza tugaganidan keyin mitoz 
boshlanadi. Mitoz to‘rt bosqich — profaza, metafaza, anafaza, 
telofazadan iboratdir (28-, 29- rasmlar).
Profaza — yadro kattalashadi, yadro shirasining yopishqoqligi 
kamayadi, xromosomalar spiralga o‘ralib, kalta va yo‘g‘on holatga 
keladi. Xromosomalar mikroskopda aniq ko‘rinadi. Yadro qobig‘i 
va yadrochalar yo‘qoladi, xromosomalar sitoplazmada erkin holda 
joylashadi. Ikkita sentriola hujayra qutblari tomon tarqala boshlay-
di. Bo‘linish urchug‘i hosil bo‘lishi boshlanadi. 
Hujayraning 
mitoz bo‘linishi.
Sitoplazmaning
bo‘linishi
Telofaza
Interfaza
urchuq
hujayra 
markazi
Sentromera
Xromosoma
Yadro membranasi
Dastlabki profaza
Anafaza
Profaza
Metafaza
28­ rasm. 
7. Biologiya, 9- sinf.
http:eduportal.uz


98
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
metafaza – xromosomalarning spirallanishi davom etadi. Bu 
davrda xromosomalar eng kalta va yo‘g‘onlashgan holatga o‘tadi. 
Xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi. Xro-
mosomalar qutblardan bir xil masofada, ya’ni ekvator tekisligida 
bir tekis joylashadi. Xromosomalar orasidagi masofa bir xil bo‘la-
di. Xromosoma sentromeralari qat’iy qonuniyat asosida ekvator 
tekisligida bir xil holatda joylashadi. har bir xromosomaning xro-
matidlari bir-biridan itarilib, faqat birlamchi belbog‘ bilan birikkan 
bo‘ladi. Bo‘linish urchug‘i to‘liq shakllanadi. har bir xromosoma 
o‘z sentromerasi bilan bittadan bo‘linish urchug‘iga birikadi.
Anafazada – xromosoma xromatidalarini birlashtirib turuvchi 
belbog‘ uziladi, natijada xromatidalar mustaqil xromosomaga ayla-
nadi. Sentromeraga birikkan bo‘linish urchug‘i qisqarishi natijasida 
xromosomalarni hujayra qutblariga tomon torta boshlaydi.
Telofazada – mitoz jarayoni yakunlanadi. Bu bosqichda 
xromosomalar qutblarga to‘planadi, spirallari yoyila boshlaydi
yorug‘lik mikroskopida yaxshi ko‘rinmaydigan bo‘lib qoladi. Sito-
plazmaning membranali qismlaridan yadro qobig‘i hosil bo‘ladi. 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling