102
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL
RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
faza II da sentromera bilan birikkan xromatidlar bir-biridan ajrala-
di, shu vaqtdan boshlab xuddi mitozdagidek
xromatidlar mustaqil
xromosoma bo‘ladi. Telofaza II da xromosomalari gaploid to‘plam-
ga ega bo‘lgan ikkita hujayra hosil bo‘ladi. Shunday qilib, mey-
oz natijasida har bir diploid to‘plamli boshlang‘ich jinsiy hujayra-
ning ikki marta ketma-ket bo‘linishi oqibatida 4 ta gaploid to‘plamli
yetuk jinsiy hujayralar – gametalar hosil bo‘ladi.
meyozning biologik ahamiyati – meyoz tufayli avlodlar al-
mashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o‘zgarmay-
di. Meyozda gomologik xromosomalarning juda ko‘p xilma-xil va-
riantlari amalga oshadi. Meyoz jarayonida xromosomalar kon’yu-
gatsiyalashib, o‘xshash qismlari bilan almashinishi (krossingover)
natijasida irsiy axborotning yangi to‘plami hosil bo‘ladi.
1. Meyoz bilan mitozning qanday o‘xshashlik
va farqli
tomonlari bor?
2. kon’yugatsiya va krossingoverni taqqoslang.
3. Meyoz bosqichlari va ularda kechadigan jarayonlarni
ta’riflang.
4. Meyozning biologik ahamiyati nimadan iborat?
mustaqil yechish uchun masalalar
1. hayvon hujayrasining diploid to‘plami 34 ga teng. Mitoz
bo‘linishdan oldingi, mitozdan keyingi,
birinchi va ikkinchi meyoz
bo‘linishdan keyingi DNk molekulasi miqdorini toping.
2. hayvonlarning somatik hujayralari uchun diploid to‘plami
xarakterlidir. hujayraning meyoz I telofazasi oxiridagi va meyoz II
ning anafazasidagi xromosoma (n) va DNk (c) miqdorini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: