Sitologiya va


­ §. Tirik organizmlarning ko‘payish


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

40­ §. Tirik organizmlarning ko‘payish
 
xillari
ko‘payish hayot mohiyatining eng muhim xususiyatlaridan 
birini tashkil etadi. Barcha tirik organizmlar ko‘payish qobiliyatiga 
ega. Tabiatda har bir o‘simlik va hayvon turlarining mavjudligi ota- 
ona individlari va ularning avlodlari o‘rtasidagi uzviy davomiylik 
http:eduportal.uz


103
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
faqat ko‘payish orqali saqlanib boradi. ko‘payish jarayoni asosida 
doimo DNk molekulasining ikki hissa ortishi yotadi. hattoki mito-
xondriya va plastidalar ham hujayra ichida mustaqil holda ko‘paya 
olish xususiyatiga ega. Bir va ko‘p hujayrali organizmlar ko‘payi-
shining asosiy usullari jinsiy va jinssiz ko‘payish hisoblanadi.
Jinssiz ko‘payish. Jinssiz ko‘payish tirik tabiatda o‘simliklar 
va hayvonlar orasida keng tarqalgan. Jinssiz ko‘payishda ona 
organizmidagi bitta yoki bir nechta somatik hujayralar guruhidan 
yangi orga 
nizm rivojlanadi. ko‘pchilik bir hujayrali organizmlar 
jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi. Bir hujayrali organizmlarning bo‘linib 
ko‘payishini quyidagi xillarga ajratish mumkin (31- rasm):
1. Ikkiga bo‘linish. Ikkiga bo‘linib ko‘payish sodda hayvonlar-
da ko‘p uchraydi. unga misol qilib amyoba, yashil evglena, tufelka 
kabilarning ikkiga bo‘linib ko‘payishini olish mumkin.
2. Shizogoniya — ko‘p bo‘laklarga bo‘linish. ko‘payish-
ning bu usuli bir hujayrali suv o‘tlari xlorella va xlomidomonadada, 
ayrim zamburug‘larda, sodda hayvonlardan bezgak plazmodiysida 
uchraydi. Shizogoniyda yadro ko‘p marta bo‘linadi, sitoplazma bu-
tunligicha qoladi. keyin sitoplazma yadrolarni o‘raydi va natijada 
bitta hujayradan o‘nlab, yuzlab, minglab yangi hujayra organizm-
lar hosil bo‘ladi. 

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling