Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Oqsil sintezi. oqsil biosintezi transkripsiya va translya-
tsiya bosqichlaridan iborat. Tanskripsiya bosqichi yadroda amal-
ga osha 
di. Bunda DNk molekulasining bir zanjiri qismiga kom-
plementar i-RNk sintezlanadi. Informatsion ribonuklein kislotasi 
tripletlarida oqsil tuzilishi haqida axborot yozilgan bo‘ladi.
Translyatsiya jarayoni ribosomalarda kechadi. oqsilning bir-
lamchi strukturasi to‘g‘risidagi i-RNk da nukleotidlar ketma-ket-
ligi ko‘rinishida yozilgan axborotni aminokislotalar ketma-ketligi 
ko‘rinishida namoyon bo‘lishiga translyatsiya deyiladi. Riboso-
mada translyatsiya boradigan qismining kattaligi ikkita tripletga 
to‘g‘ri keladi. Ribosoma i-RNk bo‘ylab surilib borayotgan vaqtda 
ribosomaning funksional markazida hamisha ikkita triplet bo‘ladi. 
Ribosoma i-RNk bo‘ylab tripletdan tripletga o‘tib turadi, lekin bir 
tekis o‘tmasdan, balki to‘xtab-to‘xtab, “qadamlab” o‘tadi. Bitta trip-
let translyatsiyasini tugatgandan keyin, u qo‘shni tripletga sakrab 
o‘tadi va biroz to‘xtaydi (90- betdagi 24- rasm). 
Agar ribosamada i-RNk tripletiga t-RNk ning tripleti komple-
mentar bo‘lsa aminokislotalar oqsil zanjiriga peptid bog‘i hosil 
qilib birikadi. Ribosoma terminator tripletga o‘tganida oqsil sintezi 
to‘xtaydi. Informatsion RNk ham ribosomalardan ajraladi (92- bet-
dagi 25- rasm).
http:eduportal.uz


92
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
Transkripsiya va translyatsiya jarayonida bir oqsilga to‘g‘ri ke-
ladigan DNkning kichik bir qismi gen deb ataladi. o‘rtacha oqsil 
molekulasini tuzish uchun ko‘plab nukleotid zarur bolib, u bit-
ta gen hisoblanadi. Mana shu genni boshqaruvchi qismlar tufayli 
genning uzunligi faqat aminokislotalarni kodlash uchun zarur nuk-
leotidlar sonidan ortiqroq bo‘ladi.
hujayrada kechadigan jarayonlar juda aniq boshqarilishi tu-
fayli hujayrada molekulalar faqat kerakli vaqtda va miqdorda sin-
tezlanadi. Bu jarayondagi har qanday xato oqsil sintezining bu-
zilishiga sabab bo‘ladi. oqibatda irsiy kasalliklar kelib chiqadi, 
sintez lanayotgan oqsilning polipeptid zanjiriga bitta aminokislota 
o‘rniga boshqasi kirib qolsa, yaroqsiz boshqa oqsil molekulasi 
paydo bo‘ladi, u kerakli oqsil vazifasini bajara olmaydi.
Ribosoma
i-RNk
hosil bo‘layotgan polipeptid zanjir
Ajralgan
ribosoma
To‘liq polipeptid
zanjir

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling