Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

Fotosintez 
sxemasi.
Xlorofill
http:eduportal.uz


87
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
15–16 g organik moddani hosil qiladi. o‘simliklarni issiqxonalarda 
sun’iy yoritish, suv bilan ta’minlanishi va boshqa sharoitlarni yax-
shilash orqali fotosintez mahsuldorligini oshirish mumkin.
o‘simlik hujayralari ham kecha-kunduz nafas olib, tashqi mu-
hitga karbonat angidrid gazini ajratib turadi. Lekin fotosintez nati-
jasida o‘simlik hujayrasidan ajralib chiqadigan kislorod miqdori 
bir vaqtda davom etadigan nafas olish jarayonida olinadigan kis-
loroddan 20–30 baravar ko‘p bo‘ladi. Bu esa atmosfera havosi 
tarkibidagi kislorodning doimo muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi.
1. Tirik organizmlar oziqlanish xiliga qarab qanday guruh-
larga ajratiladi?
2. Fotosintez deb nimaga aytiladi?
3. Fotosintezning yorug‘lik bosqichida qanday jarayonlar
amalga oshadi?
4. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichida qanday jarayonlar
amalga oshadi?
masalani yeching
1. No‘xat o‘simligi hujayralarida yorug‘lik energiyasi hisobiga gluko-
zaning to‘liq parchalanishidan 2356 molekula ATF sintezlanadi. Gyu koza 
parchalanishining ikkinchi bosqichida o‘simlik hujayrasida sintez langan 
ATFda to‘plangan energiya miqdorini (kJ) aniqlang.
34- §. Xemosintez
Tarkibida xlorofill pigmenti bo‘lmagan ayrim bakteriyalar ham 
organik birikmalarni hosil qilish qobiliyatiga ega. ular anorga-
nik moddalarning kimyoviy reaksiyasi tufayli hosil bo‘lgan ener-
giyadan organik moddalarni sintez qilish uchun foydalanadi. 
kimyoviy reaksiyalar energiyasini hosil bo‘layotgan organik birik-
malarning kimyoviy ener giyasiga aylantirish xemosintez deb ata-
ladi. Bakteriyalar asosan anorganik moddalar oksidlanish reak-
siyalardan hosil bo‘lgan energiyani organik moddalarni sintezlash-
ga sarf qiladi. Bularga bir qator mikroorganizmlar: ammiakni azot 
http:eduportal.uz


88
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
kislotaga aylantiruvchi nitrifikator bakteriyalar, ikki valentli temirni 
uch valentli temirga aylantiruvchi temir bakteriyalari, oltingugurt 
vodo rodini sulfat kislotaga aylantiruvchi oltingugurt bakteriyalarini 
misol qilib ko‘rsatish mumkin. Atmosferadagi azotni o‘zlashtiradi-
gan ayrim erimaydigan minerallarni o‘simlik tomonidan o‘zlashtira-
digan shakllariga aylantiradigan xemosintetik bakteriyalar tabiatda 
moddalarning davriy aylanishida muhim aha miyatga ega.
Xemosintezni amalga oshiradigan mikroorganizmlardan azot 
to‘p lovchi va nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar eng muhimi hisoblana-
di. ular uchun ammiakni nitrat kislotagacha oksidlanish reaksiyasi 
energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa guruhi nitrit kislotani 
oksidlab nitrat kislotaga aylanish reaksiyasidan ajralib chiqadigan 
energiyadan foydalanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan mikroorganizm-
lar, ayniqsa, azot to‘plovchi bakteriyalarning roli juda katta. ular 
hosildorlikni oshirish uchun muhim ahamiyatga ega, chunki havoda 
bo‘ladigan va o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan azot ana shu bak-
teriyalarning hayot faoliyati natijasida o‘simliklar tomonidan yaxshi 
o‘zlashtiriladigan azot birikmalariga aylantirib beriladi.
1. Xemosintez deb nimaga aytiladi?
2. Xemosintezlovchi organizmlarga misollar keltiring.
3. Xemosintezlovchi organizmlarning tabiatdagi roli nimadan 
iborat?

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling