Sitologiya va


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

masalani yeching. Dissimilyatsiya jarayonida 2,5 molekula 
glukoza to‘liq parchalandi. Sintezlangan ATF va hosil bo‘lgan kar-
bonat angidrid gazining miqdorini toping.
33­ §. Hujayraning oziqlanishi
Barcha tirik organizmlar hujayralarining oziqlanish usuliga qa-
rab ikkita katta guruhga: avtotrof va geterotroflarga ajratiladi.
Avtotrof hujayralar. Bu guruh hujayralari organik moddalarni 
anorganik birikmalardan (СO
2
, Н
2
o va h.k) sintezlay oladi. ener-
giyasi kam shu moddalardan hujayralar glukoza, aminokislotalarni 
keyin esa murakkabroq birikmalarni: murakkab uglevodlar, oqsil 
kabi moddalarni sintezlaydi. organik birikmalarni anorganik birik-
malardan sintez qila oladigan hujayralarni avtotrof hujayralar yoki 
http:eduportal.uz


84
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
to‘g‘ridan to‘g‘ri 
avtotroflar deb ataladi. Yer yuzidagi asosiy av-
totroflar yashil o‘simliklarning hujayralaridir. Mikroorganizmlar ning 
ma’lum bir guruhi ham avtotrof yo‘l bilan oziqlanadi.
Geterotrof hujayralar. Geterotorof hujayralar anorganik mod-
dalardan organik moddalarni sintezlay olmaydi. Bunday hujayralar 
tayyor organik moddalarga ehtiyoj sezadigan hujayralar getero-
trof hujayralar yoki 
geterotroflar deb ataladi.
Fotosintez. Quyosh nuri ta’sirida o‘simliklarning yashil barg-
larida karbonat angidrid bilan suvdan murakkab organik birikma-
lar hosil bo‘lishi fotosintez deb ataladi. o‘simliklarning fotosintez 
jarayoni yer yuzida quyosh energiyasini organik birikmalarning 
kimyoviy energiyasiga aylantiruvchi birdan-bir vosita hisoblana-
di. o‘simliklarning kosmik ahamiyati ham ana shundadir. Bu jara-
yonda hosil bo‘ladigan organik birikmalar tirik organizmlar uchun 
ozuqa va energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga 
fotosintez jarayoni atmosferani erkin kislorod bilan ham boyitadi. 
Fotosintez jarayonini o‘rganish qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l 
hosil olishga ham imkon yaratadi.
Yashil o‘simliklar fototrof organizmlar hisoblanadi. ular hu-
jayradagi xloroplastlarda to‘plangan xlorofill pigmenti yordamida 
yorug‘lik energiyasini kimyoviy energiyaga aylantiruvchi fotosintez 
jarayonini amalga oshiradi. Fotosintezning umumiy reaksiya teng-
lamasi quyi dagicha: 
6СO
2
+ 6Н
2
O = С
6
h
12
o

+ 6o
2
.
Bu jarayon davomida anorganik moddalar – uglerod (IV)-oksid 
va suvdan energiyaga boy modda – glukoza (C
6
h
12
o
6
) hosil bo‘la-
di. Fotosintez yorug‘lik va qorong‘ilik bosqichlariga ajratiladi.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling