Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV bob HAYOTIY JARAYONLARNING KImYOVIY ASOSLARI BO‘LIm HAYOTIY JARAYONLARNING KImYOVIY ASOSLARI
- 19 §. Hujayraning kimyoviy tarkibi hujayra tarkibiga jonsiz tabiatda uchraydigan kimyoviy ele- mentlardan 70 taga yaqini kiradi. ular ko‘pincha biogen element
Ishning borishi. 1. elodeya epidermisidan o‘tkir pichoq bilan
3x4 mm qalinlikda bo‘lakchalar tayyorlanadi. Pinset yordamida uni ajratib olib, predmet oynasidagi bir tomchi suvga botiriladi. Qoplovchi oyna bilan yopib, mikroskop ostida kuzatiladi. hujayra holatining ras- mini chizing. 2. Buyum oynasining bir tomoniga osh tuzi eritmasidan bir tom- chi tomiziladi. Ikkinchi tomondan esa filtr qog‘oz yordamida qoplovchi oyna tagidan suv tortib olinadi. 5 – 7 daqiqadan so‘ng hujayra pardasi torayib, burisha boshlaydi. Bunda plazmoliz ro‘y beradi. 3. Buyum oynasidagi osh tuzi eritmasi yana yuqorida ko‘rsatil- gan yo‘l bilan toza suvga almashtiriladi. 5 – 7 daqiqadan keyin hujayra dastlabki holatiga qaytadi. Bu deplazmoliz hodisasi bilan bog‘liq. http:eduportal.uz IV bob HAYOTIY JARAYONLARNING KImYOVIY ASOSLARI BO‘LIm HAYOTIY JARAYONLARNING KImYOVIY ASOSLARI hujayra tarkibiga kiruvchi organik birikmalar hujayralarda moddalar va energiya almashinuvi hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari III Biologik evolyutsiyaning boshlanishi yerda hayotning hujay- raviy shakllarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. hujayralar organizm- ning qaysi qismida uchrashidan qat’i nazar u barcha hujayralar uchun umumiy hisoblangan belgilar va xususiyatlarga ega bo‘ladi. Mamlakatimiz olimlari, hujayraning kimyoviy tarkibini, ular- da sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarni o‘rganishga katta hissa qo‘shmoqdalar. Akademiklar Yo.To‘raqulov, B.Toshmuhamedov va ularning shogirdlarini bu sohadagi ishlari dunyo miqyosida e’tirof etilgan. 19 §. Hujayraning kimyoviy tarkibi hujayra tarkibiga jonsiz tabiatda uchraydigan kimyoviy ele- mentlardan 70 taga yaqini kiradi. ular ko‘pincha biogen element- lar deb ataladi. Bu tirik va jonsiz tabiatni umumiyligini ta’kidlov- chi dalillardan biridir. Biroq tirik va jonsiz tabiatdagi kimyoviy ele- mentlarning o‘zaro nisbati turlicha bo‘ladi. Tirik organizm tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar miqdoriga qarab bir necha guruhga bo‘linadi. Bular: makroelementlar (S, o, h, N, P, C, k, Na, Ca, Mg, Cl, Fe) va mikroelementlar (Zn, Cu, J, F, Co, Mo, Sr, Mn, B)dir. hujayra massasining 98 % ini to‘rtta element: vodorod, kis- lorod, uglerod va azot tashkil qiladi. Bu elementlar barcha orga- nik birikmalarning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bulardan http:eduportal.uz 54 HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI III BO‘LIM tashqari biologik polimerlar (yunonchada: “poli” – ko‘p, “meros” – qism) hisoblangan oqsil va nuklein kislotalar tarkibida yana fos- for va oltingugurt ham uchraydi. hujayra tarkibidagi P, S, k, Na, Ca, Mg, Cl, Fe kabilar 1,9 % ni tashkil etadi. ularning har biri hujayrada muhim vazifalarni bajaradi. Masalan, Na, k va Cl hu- jayra membranalari orqali turli xil moddalarni o‘tkazishni ta’min- laydi. Nerv hujayralarida hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alishlarini o‘tishi ham shu elementlar yordamida amalga oshiriladi. Ca va P suyak to‘qimalarini hosil qilishda ularning mustahkamligini ta’minlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari Ca qonning normal ivishini ta’min- lovchi omildir. Fe elementi eritrositlar oqsili – gemoglobin tarkibi- ga kiradi va kislorodni o‘pkadan to‘qimalarga olib borishda ishtirok etadi. Mg elementi o‘simlik hujayralarida fotosintezda ishtirok etuv chi pigment – xlorofill tarkibiga kiradi, hayvonlarda esa, bio- logik katalizatorlar tarkibida biokimyoviy reaksiyalarni tezlashti- rishni ta’minlaydi. Barcha qolgan elementlar (rux, mis, yod, ftor, kobalt, mar- ganes, molibden, bor va boshqalar) hujayrada juda kam miqdor- da uchraydi, ya’ni hujayra massasining 0,02 % ga yaqin qismini tashkil etadi. Mikroelementlar biologik faolligi yuqori bo‘lgan mod- dalar – gormonlar, fermentlar, vitaminlar tarkibiga kiradi. Masalan, qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan tiroksin gor- moni tarkibiga yod elementi kiradi. uning yetishmasligi tiroksinni hosil bo‘lishini kamaytiradi, natijada bez gipofunksiyaga uchraydi va buqoq kasalligi rivojlanadi. Rux bir qator fermentlarning tarkibi- da, jinsiy gormonlarning faolligini oshiradi. kobalt B 12 vitaminining zaruriy tarkibiy qismi bo‘lib, qon hosil bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. 1. Makroelementlarga qaysi elementlar kiradi? 2. Makroelementlar hujayrada qanday jarayonlarda ishtirok etadi? 3. Yod, rux, kobalt nimalar tarkibiga kiradi va ahamiyati nimadan iborat? http:eduportal.uz 55 hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI III Bo‘LIM Quyida berilgan elementlarning xususiyatlarini raqamlar bilan juftlab ko‘rsating. 1 С, Н, О, N A qon hosil qilishda ishtirok etadi 2 Na, k, Cl B tiroksin hosil bo‘lishida ishtirok etadi 3 Ca ва Р D Jinsiy gormonlar faolligini oshiradi 4 Fe e fotosintezda ishtirok etadi 5 Mg F kislorodni tashishda ishtirok etadi 6 Zn G suyak to‘qimalarini hosil qilishda ishtirok etadi 7 I h membranalar orqali moddalarni o‘tishi- ni ta’minlaydi 8 Co I barcha organik birikmalar tarkibiga kiradi 1- 2- 3- 4- 5- 6- 7- 8- Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling