Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34- §. Xemosintez
Fotosintez
sxemasi. Xlorofill http:eduportal.uz 87 MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM IV Bo‘LIM 15–16 g organik moddani hosil qiladi. o‘simliklarni issiqxonalarda sun’iy yoritish, suv bilan ta’minlanishi va boshqa sharoitlarni yax- shilash orqali fotosintez mahsuldorligini oshirish mumkin. o‘simlik hujayralari ham kecha-kunduz nafas olib, tashqi mu- hitga karbonat angidrid gazini ajratib turadi. Lekin fotosintez nati- jasida o‘simlik hujayrasidan ajralib chiqadigan kislorod miqdori bir vaqtda davom etadigan nafas olish jarayonida olinadigan kis- loroddan 20–30 baravar ko‘p bo‘ladi. Bu esa atmosfera havosi tarkibidagi kislorodning doimo muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi. 1. Tirik organizmlar oziqlanish xiliga qarab qanday guruh- larga ajratiladi? 2. Fotosintez deb nimaga aytiladi? 3. Fotosintezning yorug‘lik bosqichida qanday jarayonlar amalga oshadi? 4. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichida qanday jarayonlar amalga oshadi? masalani yeching 1. No‘xat o‘simligi hujayralarida yorug‘lik energiyasi hisobiga gluko- zaning to‘liq parchalanishidan 2356 molekula ATF sintezlanadi. Gyu koza parchalanishining ikkinchi bosqichida o‘simlik hujayrasida sintez langan ATFda to‘plangan energiya miqdorini (kJ) aniqlang. 34- §. Xemosintez Tarkibida xlorofill pigmenti bo‘lmagan ayrim bakteriyalar ham organik birikmalarni hosil qilish qobiliyatiga ega. ular anorga- nik moddalarning kimyoviy reaksiyasi tufayli hosil bo‘lgan ener- giyadan organik moddalarni sintez qilish uchun foydalanadi. kimyoviy reaksiyalar energiyasini hosil bo‘layotgan organik birik- malarning kimyoviy ener giyasiga aylantirish xemosintez deb ata- ladi. Bakteriyalar asosan anorganik moddalar oksidlanish reak- siyalardan hosil bo‘lgan energiyani organik moddalarni sintezlash- ga sarf qiladi. Bularga bir qator mikroorganizmlar: ammiakni azot http:eduportal.uz 88 MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM IV Bo‘LIM kislotaga aylantiruvchi nitrifikator bakteriyalar, ikki valentli temirni uch valentli temirga aylantiruvchi temir bakteriyalari, oltingugurt vodo rodini sulfat kislotaga aylantiruvchi oltingugurt bakteriyalarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Atmosferadagi azotni o‘zlashtiradi- gan ayrim erimaydigan minerallarni o‘simlik tomonidan o‘zlashtira- digan shakllariga aylantiradigan xemosintetik bakteriyalar tabiatda moddalarning davriy aylanishida muhim aha miyatga ega. Xemosintezni amalga oshiradigan mikroorganizmlardan azot to‘p lovchi va nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar eng muhimi hisoblana- di. ular uchun ammiakni nitrat kislotagacha oksidlanish reaksiyasi energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa guruhi nitrit kislotani oksidlab nitrat kislotaga aylanish reaksiyasidan ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan mikroorganizm- lar, ayniqsa, azot to‘plovchi bakteriyalarning roli juda katta. ular hosildorlikni oshirish uchun muhim ahamiyatga ega, chunki havoda bo‘ladigan va o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan azot ana shu bak- teriyalarning hayot faoliyati natijasida o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladigan azot birikmalariga aylantirib beriladi. 1. Xemosintez deb nimaga aytiladi? 2. Xemosintezlovchi organizmlarga misollar keltiring. 3. Xemosintezlovchi organizmlarning tabiatdagi roli nimadan iborat? Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling