Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
Oqsil sintezi. oqsil biosintezi transkripsiya va translya-
tsiya bosqichlaridan iborat. Tanskripsiya bosqichi yadroda amal- ga osha di. Bunda DNk molekulasining bir zanjiri qismiga kom- plementar i-RNk sintezlanadi. Informatsion ribonuklein kislotasi tripletlarida oqsil tuzilishi haqida axborot yozilgan bo‘ladi. Translyatsiya jarayoni ribosomalarda kechadi. oqsilning bir- lamchi strukturasi to‘g‘risidagi i-RNk da nukleotidlar ketma-ket- ligi ko‘rinishida yozilgan axborotni aminokislotalar ketma-ketligi ko‘rinishida namoyon bo‘lishiga translyatsiya deyiladi. Riboso- mada translyatsiya boradigan qismining kattaligi ikkita tripletga to‘g‘ri keladi. Ribosoma i-RNk bo‘ylab surilib borayotgan vaqtda ribosomaning funksional markazida hamisha ikkita triplet bo‘ladi. Ribosoma i-RNk bo‘ylab tripletdan tripletga o‘tib turadi, lekin bir tekis o‘tmasdan, balki to‘xtab-to‘xtab, “qadamlab” o‘tadi. Bitta trip- let translyatsiyasini tugatgandan keyin, u qo‘shni tripletga sakrab o‘tadi va biroz to‘xtaydi (90- betdagi 24- rasm). Agar ribosamada i-RNk tripletiga t-RNk ning tripleti komple- mentar bo‘lsa aminokislotalar oqsil zanjiriga peptid bog‘i hosil qilib birikadi. Ribosoma terminator tripletga o‘tganida oqsil sintezi to‘xtaydi. Informatsion RNk ham ribosomalardan ajraladi (92- bet- dagi 25- rasm). http:eduportal.uz 92 MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM IV Bo‘LIM Transkripsiya va translyatsiya jarayonida bir oqsilga to‘g‘ri ke- ladigan DNkning kichik bir qismi gen deb ataladi. o‘rtacha oqsil molekulasini tuzish uchun ko‘plab nukleotid zarur bolib, u bit- ta gen hisoblanadi. Mana shu genni boshqaruvchi qismlar tufayli genning uzunligi faqat aminokislotalarni kodlash uchun zarur nuk- leotidlar sonidan ortiqroq bo‘ladi. hujayrada kechadigan jarayonlar juda aniq boshqarilishi tu- fayli hujayrada molekulalar faqat kerakli vaqtda va miqdorda sin- tezlanadi. Bu jarayondagi har qanday xato oqsil sintezining bu- zilishiga sabab bo‘ladi. oqibatda irsiy kasalliklar kelib chiqadi, sintez lanayotgan oqsilning polipeptid zanjiriga bitta aminokislota o‘rniga boshqasi kirib qolsa, yaroqsiz boshqa oqsil molekulasi paydo bo‘ladi, u kerakli oqsil vazifasini bajara olmaydi. Ribosoma i-RNk hosil bo‘layotgan polipeptid zanjir Ajralgan ribosoma To‘liq polipeptid zanjir Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling