Sitologiya va


­ §. 5­ laboratoriya mashg‘uloti


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

 37­ §. 5­ laboratoriya mashg‘uloti
 O‘simlik bargida organik moddalarning hosil 
bo‘lishini o‘rganish
Ma’lumki, o‘simlik barglarida hosil bo‘ladigan asosiy orga-
nik modda kraxmaldir. u quyosh nuri ta’sirida hosil bo‘ladi. Agar 
biron-bir usul bilan bargning ma’lum qismiga quyosh nurining 
ta’siri to‘sib qo‘yilsa, o‘sha joyda kraxmal hosil bo‘lmaydi. Bu hodi-
sani quyidagi tajribada tekshirib ko‘rish mumkin.
Asbob va materiallar: etil spirti, yodning 1 % li eritmasi, 
yorongul xona o‘simligi, ochiq joyda o‘sayotgan barg sathi katta 
birorta o‘simlik (otquloq yoki chinor daraxti).
Ish tartibi:
1. o‘simlik bargini ostki va ustki tomonini to‘sadigan qora 
qog‘oz olib, har ikkala tomonidan bir xil ko‘rinishga ega shakl 
(uchburchak, to‘rtburchak) kesib olinadi va u bilan bargga qis-
tirg‘ichlar yordamida biriktirib qo‘yiladi. 
2. oradan 2 soat o‘tgandan keyin barg kesib olinadi, qog‘oz 
olib tashlanadi va qaynab turgan suvda 2–3 daqiqa ushlana-
di, so‘ngra pigmentlardan tozalash uchun spirtga solinadi, keyin 
spirtdan olib suvda yuviladi. 
3. So‘ngra bargni yod eritmasi solingan idishga olamiz. 
Shisha tayoqcha yordamida barg tekislansa bargning ochiq joyida 
ko‘k rangli dog‘ hosil bo‘lganini ko‘ramiz. Bargni yopib qo‘yilgan 
joylari rangsiz bo‘ladi, chunki kraxmal hosil bo‘lmaydi.
http:eduportal.uz


VI bob 
 
ORGANIZMLARNING KO‘PAYISHI VA
INDIVIDuAL RIVOJLANISHI
V
BO‘LIm
ORGANIZMLARNING INDIVIDUAL
RIVOJLANISHI — ONTOGENEZ
va individual rivojlanishi 
organizmlarning ko‘payishi
38­ §. Hujayra sikli
ko‘payish yoki o‘zini o‘zi qayta tiklash organik (tirik) tabiatning 
o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. ko‘payish — bakteriyalardan 
tortib, sutemizuvchilargacha bo‘lgan barcha tirik organizmlar 
uchun xosdir. har bir o‘simlik va hayvon, bakteriya va zamburug‘ 
turining yashashi, ota-ona va avlodlar o‘rtasidagi izchillik faqat 
ko‘payish tufayli saqlanib turadi. 
organizmlardagi hujayraning yashash muddati uning tuzi-
lishi va funksiyasiga bog‘liq holda xilma-xil bo‘ladi. Misol uchun, 
nerv va muskul hujayralari embrional rivojlanish davri tugagan-
dan keyin bo‘linmaydi va organizmning butun umri davomida o‘z 
funksiyasini bajaradi. Boshqa hujayralar — suyakning ko‘mik qis-
mi iligi, epidermis, ichak epiteliysi butun umri davomida bo‘linib 
ko‘payib turadi. Shunday qilib, hujayraning hayot sikli bo‘linishdan 
hosil bo‘lgan yangi hujayraning nobud bo‘lishigacha yoki keyin-
gi bo‘linishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. organizmlarning 
hayot faoliyati va ko‘payishi hujayralarning bo‘linishi orqali ta’min-
lanadi. eukariot hujayralar asosan ikki xil usulda ko‘payadi: 
1. Mitoz – somatik hujayralarning bo‘linishi.
2. Me yoz – jinsiy hujayralarning bo‘linish usuli.
http:eduportal.uz


96
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
mitoz (yunoncha “mitos” – ip degan so‘zdan olingan) sikli deb 
hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik davri hamda mitoz bosqich-
lari 
ni davom etishiga aytiladi. Bir mitozdan ikkinchi mitozgacha 
bo‘lgan, hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik davri interfaza deyi-
ladi. Interfaza o‘z navbatida uch davrga bo‘linadi (26- rasm):
1. DNk sinteziga tayyorgarlik davri G
1
bilan belgilanadi. Bu 
davrda oqsil va RNk sintezi jadal kechadi. Biosintez reaksiyalari-
da ishtirok etadigan fermentlar faolligi ortadi, hujayra jadal o‘sadi. 
2. Sintez davri S harfi bilan belgilanadi. Bu davrda DNK mole-
kulasi reduplikatsiyalanadi va uning miqdori ikki hissaga ortadi. 
oqsil va RNk sintezlanadi, hujayra markazi ham ikki hissaga or-
tadi. Mitoxondriya va plastidalardagi DNk ham ikki hissaga ortadi. 
DNk ikki hissa ortishi natijasida har bir xromosomada ikki baro-
bar ko‘p DNk hosil bo‘ladi (27- rasm).
hujayraning 
bo‘linishi

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling