Sitologiya va
Download 4.9 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf biologiya darslik kitob
Mitoz:
A — triton terisidagi hujayra; B — piyoz po‘sti hujayrasi. 29 rasm. 1 interfaza; 2 profaza; 3,4 metafaza; 5,6 boshlang‘ich va oxirgi anafaza; 7 telofaza. A B http:eduportal.uz 99 oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ V Bo‘LIM Yadrochalar qaytadan shakllanadi. Telofazaning oxirida sitoplaz- maning ikkiga ajralishi (sitokinez) kuzatiladi. hayvon hujayralarida sitoplazma va plazmatik membrana o‘rtasida botiqlik paydo bo‘lib, uning asta-sekin torayishi natijasida hujayra teng ikkiga bo‘linadi. o‘simlik hujayralarida esa hujayraning o‘rtasida sitoplazma- tik membrana paydo bo‘lib, hujayraning chetiga tarqala boshlay- di. Bunda hujayrani teng ikkiga bo‘luvchi ko‘ndalang to‘siq pay- do bo‘ladi. keyin esa sellyuloza qobig‘i hosil bo‘ladi. Mitoz bos- qichlari juda qisqa bo‘lib, 30 daqiqadan 3 soatgacha davom etadi. mitozning biologik ahamiyati – mitoz natijasida hosil bo‘lgan har bir yangi hujayra xuddi ona hujayradagidek bir xil xro- mosoma to‘plami va bir xil genlarga ega bo‘ladi. Mitoz natijasida hosil bo‘lgan ikkala yangi hujayra diploid to‘plamga ega bo‘ladi. Mitoz eng muhim quyidagi hayotiy jarayonlarni embrional rivojla- nish, o‘sish, nobud bo‘lgan hujayralar va shikastlangan to‘qima, organlarning tiklanishi hamda funksional holatini normal o‘tishini ta’minlaydi. organizmlarning jinssiz ko‘payishi ham mitoz bo‘linish asosida amalga oshadi. 1. hujayraning mitoz sikli deb nimaga aytiladi? 2. Interfaza qanday bosqichlarga ajraladi? har bir bosqichda qanday jarayonlar kechadi? 3. Mitozning profaza va metafaza bosqichida qanday jarayonlar kechadi? 4. Mitozning anafaza va telofaza bosqichida qanday jarayonlar kechadi? Download 4.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling