Sitologiya va


meyozning ikkinchi bo‘linishi


Download 4.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/134
Sana25.08.2023
Hajmi4.9 Mb.
#1670214
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134
Bog'liq
9-sinf biologiya darslik kitob

meyozning ikkinchi bo‘linishidagi profaza II va metafaza II da 
xuddi mitozdagidek jarayonlar kuzatiladi, mitozdan farqi shundan 
iboratki, bo‘linayotgan hujayra gaploid to‘plamga ega bo‘ladi. Ana-
Telofaza II
Anafaza I
Profaza II
Metafaza I
Dastlabki jinsiy
hujayralar
Metafaza II
Metafaza I
Telofaza II
Anafaza II
Profaza I
Boshlang‘ich Profaza I
Jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi (Meyoz).
30­ rasm.
http:eduportal.uz


102
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
faza II da sentromera bilan birikkan xromatidlar bir-biridan ajrala-
di, shu vaqtdan boshlab xuddi mitozdagidek xromatidlar mustaqil 
xromosoma bo‘ladi. Telofaza II da xromosomalari gaploid to‘plam-
ga ega bo‘lgan ikkita hujayra hosil bo‘ladi. Shunday qilib, mey-
oz natijasida har bir diploid to‘plamli boshlang‘ich jinsiy hujayra-
ning ikki marta ketma-ket bo‘linishi oqibatida 4 ta gaploid to‘plamli 
yetuk jinsiy hujayralar – gametalar hosil bo‘ladi.
meyozning biologik ahamiyati – meyoz tufayli avlodlar al-
mashinuvi davomida xromosomalar sonining doimiyligi o‘zgarmay-
di. Meyozda gomologik xromosomalarning juda ko‘p xilma-xil va-
riantlari amalga oshadi. Meyoz jarayonida xromosomalar kon’yu-
gatsiyalashib, o‘xshash qismlari bilan almashinishi (krossingover) 
natijasida irsiy axborotning yangi to‘plami hosil bo‘ladi.
1. Meyoz bilan mitozning qanday o‘xshashlik va farqli
tomonlari bor?
2. kon’yugatsiya va krossingoverni taqqoslang.
3. Meyoz bosqichlari va ularda kechadigan jarayonlarni
ta’riflang.
4. Meyozning biologik ahamiyati nimadan iborat?
mustaqil yechish uchun masalalar
1. hayvon hujayrasining diploid to‘plami 34 ga teng. Mitoz 
bo‘linishdan oldingi, mitozdan keyingi, birinchi va ikkinchi meyoz 
bo‘linishdan keyingi DNk molekulasi miqdorini toping.
2. hayvonlarning somatik hujayralari uchun diploid to‘plami 
xarakterlidir. hujayraning meyoz I telofazasi oxiridagi va meyoz II 
ning anafazasidagi xromosoma (n) va DNk (c) miqdorini aniqlang.

Download 4.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling