Sitologiyaning mazmuni va uning tarixi Reja


SITOLOGIYANING QISQACHA RIVOJLANISH


Download 158.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.10.2023
Hajmi158.66 Kb.
#1708249
1   2   3
Bog'liq
1-maruza. Sitologiya faniga kirish

SITOLOGIYANING QISQACHA RIVOJLANISH
TARIXI 
Xujayraning o‘rganilishi mikroskopning kashf etilishiga bog‘liqdir. Birinchi 
mikroskopni ko‘zoynak ustasi Zaxariy Yansen 1590 yilda yasagan. 
Ma’lumki XVII asr boshlarida G.Galiley dastlabki teleskop yaratdi. 1609-
1610 yillarda esa soddaroq bo‘lsa ham mikroskop konstruksiyasini ishlab chiqdi. 
Ammo mikroskop va uni ilmiy yo‘nalishda qo‘lash hamon olimlar nazaridan 
chetda qolaverdi. Faqat XVII asrning o‘rtalariga kelganda ingliz fizigi Robert Guk 
(1635-1703) 1665 yilga kelib mikroskopni takomillashtiradi va unda 
o‘simliklarning tuzilishini o‘rganadi. Undagi mayda katakchalarni ko‘rib, ularga 
hujayra degan nom beradi. 
Mikroskop bilan qiziqib qolgan Marchello Malpigi (1628-1694) birinchi 
bo‘lib hayvonlar terisi, talog‘i, buyragi va boshqa organlarning mikroskopik 
tuzilinishi o‘rganadi. Natijada u birinchi bo‘lib tasvirlab bergan organlarning ayrim 
strukturalari uning nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Masalan, Malpigi buyrak 
koptokchalari, Malpigi qavati, Malpigi tanachasi va boshqalar shular 
jumlasidandir. Botanik olim Neyemiya Gryu (1641-1712) to‘qimalar haqida 
tadqiqot ishlari olib borib, birinchi marta fanga to‘qima tushunchasini kiritdi. 
Ayniqsa 1677 yilga kelganda gollandiyalik havaskor mikroskopchi Anton van 
Levinguk (1632-1723) obektni 300 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan mikroskop 
ixtiro qildi. o‘sha davr uchun juda ulkan ixtiro bo‘lgan bu mikroskop yordamida u 
suv tochisidagi mikroorganizmlarni, ularning harakatini ko‘ndalang yo‘lli 
muskullar, nerv va paylar tuzilishini o‘rganib tasvirlab beradi. 
Bu ishlar o‘sha zamon uchun nixoyatda qiziqarli bo‘lishiga qaramay, ilmiy 
nuqtai nazardan chuqur sistemaga solinmagan edi. Shunday bo‘lsa ham ma’lumki, 
mikroskopning kashf qilinishi va uning vositasida tuqima hamda Xujayraning 
ixtiro etilishi organizmning mikroskopik tuzilinishni o‘rganishda kelajak olimlari 
uchun keng yo‘l ochib berdi. 


Chex olimi Y.YE.Purkine (1787-1869) birinchi bo‘lib tuxum hujayralarning 
murakkab tuzilishini tasvirlaydi va urug‘langan hujayrani o‘rganadi. 
Matias Shleyden (1804-1881) 1883 yilda o‘simlik hujayralarning paydo 
bo‘lishi nazariyasining yaratilishida katta rol o‘ynaydi. 
1839 yilda nemis zoologi Myullerning shogirdi Teodor Shvann (1810-1882) 
hayvon hujayralarini o‘rganib “Hayvon va o‘simliklar o‘sishi va tuzilishining 
mutanosibligiga doir mikroskopik tadqiqot” kitobini bosmadan chiqaradi. Bu kitob 
esa hujayra nazariyasini ta’riflashga asos bo‘ldi. Shuning uchun ham hujayra 
nazariyasining asoschisi T.Shvann bo‘lib qoldi. 
Xujayra nazariyasining asosiy qoidalari hozirgi kunda quyidagilardan iborat: 
1.Xayot asosan hujayra shaklida mavjud bo‘lib, barcha organizmlar 
hujayralardan tashkil topgan. Xujayra tirik tabiatning bir bo‘lagi va unga tiriklik 
hususiyatlarning barchasi hos bo‘lib, hujayra modda almashish, ko‘payish, 
strukturaviy va irsiy elementar birlikdir. 
2. Xujayra biologik informasiya ro‘y beradigan va bu jarayon qayta 
ishlanadigan hamda xosil bo‘lgan energiyani yig‘uvchi, sarf qiluvchi, boshqa xil 
energiyaga aylantiruvchi murakkab tuzilmadir. 
3. 
Hayotning uzviyligi asosan hujayralardandir; hujayra umuman 
irsiyatning asosini tashkil etadi. 
4. 
Xujayra barcha tirik mavjudotlarning elementar birligidir, turli 
organizm hujayralari umumiy tuzilishga ega va ular bo‘linib yangi hujayra hosil 
qiladi. 
XIX asrning oxirlarida Sitologiya mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. 
Xujayra nazariyasining rivojlanishida 1858 yilda chop etilgan nemis potoligi 
R.Virxovning “Sellyulyar potoligiya” asari katta o‘rin tutadi. R.Virxov kasaliklarni 
hujayralar tuzilishining o‘zgarishi bilan ta’rifladi. Bu tadqiqot yangi ta’limot-
“hujayra potologiyasi”ning kelib chiqishiga asos bo‘ldi. 
Uning “hujayra-hujayradan” degan iborasi Sitologiyaning rivojlanishiga turtki 
bo‘ldi. Bu esa xozirgi vaqtda hujayra-Xujayraning bo‘linishi natijasida xosil 


bo‘ladi ma’noni anglatadi. R.Virxovning hujayralardan tashqarida hayot yo‘q 
degan iborasi qadrini yo‘qotgani yo‘q. 
Ammo R.Virxovning tushunchalari xatodan xoli emas. U potologik jarayon 
alohida hujayralar yig‘indisi deb tushuntirgan, ya’ni organizmning umumiy 
bog‘liqligini xisobga olmagan.
I.D.Chistyakov (1878)karikonez bo‘lishning ayrim tomonlarni tekshirdi, lekin 
to‘liq ta’riflab berolmadi. Karikonez bo‘lishining asosiy bosqichlarini birinchi 
marta E.Strasburger o‘zining “hujayralar xosil bo‘lishi va hujayralar bo‘linihi 
to‘g‘risida” (1875) nomli asarida to‘la tasvirlab berdi. U hujayralar bo‘linish 
davrida yadro yo‘qolib ketmasdan, balki o‘zgarib, natijada ikkita qiz yadro hosil 
bo‘lishini aniqladi. Lekin u mitoz fazalarining ketma-ketligini ta’riflab 
berolmagan. 
Hayvon hujayralari (somatik) yadrolarning bo‘linish prosessini kiyevlik olim 
P.I.Peremejko tomonidan (1878) triton terisining epiteliysi misolida o‘rganildi. 
Biroq u ham bo‘linish jarayonining ketma-ketligini aniqlay olmadi. “Karikonez” 
termini fanga 1879 yilda V.Shleyxer tomonidan kiritildi. Karikonez bo‘linish 
fazalarining ketma-ketligini 1879 yilda V.Fleming tasvirlab berdi. Xujayralar 
bo‘linishini Oskar Gertvig to‘laroq tasvirlab berdi. 
Gervig va Strasburgerlar yadroning irsiy belgilarini avloddan-avlodga 
o‘tishdagi rolini aniq ta’riflay olmadi. 
Mikroskopning taraqqiyoti bilan bir qatorda hujayrani o‘rganish uchun qulay 
bo‘lgan usullar, fiksatorlar ham mukammallashib bordi. 
1850 yilda xrom kislotasi, 1865 yilda pikrin kislotasi, formalin va boshqa 
eritmalar kashf etildi. Shu bilan birga mikrotom kashf etilib, to‘qimalardan juda 
qisqa kesmalar tayyorlab, parafin va jelatinaga quyib o‘rganish tatbiq etildi. 
Ayniqsa 1850 yillarda hujayrani karmin gemotoksilin va har-xil analin bo‘yoqlar 
bilan bo‘yash usuli Sitologiya fanining har tomonlama o‘rganilishiga muhit 
tayyorlab, bu fanning rivojlanishi uchun asos bo‘ldi. 
1876 yilda hujayra markazi, 1894 yilda mitoxondriya va 1898 yilda esa Golji 
apparati o‘rganildi. 


Hayvonlarda urug‘lanish jarayonining (Gertvig, 1875; Fol, 1879 ) va 
o‘simliklarda urug‘lanish jarayonining (Gorajankin, 1883; Navashin, 1898; Ginyar, 
1899; Strasburger, 1900) o‘rganilishi hujayra ta’limotini yanada yuksaltirdi. 
Bu davrga Xujayraning irsiy qobiliyati nuqtai nazardan o‘rganish uchun 
sharoit yaratila boshladi. 
Sitologlar Flemming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan xromosoma 
aniqlandi. Valdeyer tomonidan “xromosoma” termini fanga kiritildi. 
1903 yilda Setton genlar irsiy muhit-xromosomalarda joy olgan degan 
gipotezani olg‘a surdi. Bu g‘oya hujayrani chuqur o‘rganishga, ayniqsa 
xromosomalarni o‘rganishga turtki bo‘ldi.
Setton g‘oyasini amerikalik olim Tomas Morgan va uning shogirdlari 
xromosoma nazariyasini (1911) yaratish bilan tasdiqladi. T.Morganning maktabi, 
xromosoma nazariyasining yaratilishi ginetika fanining rivojlanishiga va 
Xujayraning molekulyar o‘rganilishiga asos bo‘ldi. 
XX asrning boshlari Sitologiya fanining rivojlanishida uyg‘onish davri bo‘ldi. 
1928-1931 
yillarda 
elektron 
mikroskopning 
yaratilishi 
biologik 
tadqiqotlarning keng qo‘lanishga imkon berdi. 
50-yillarga kelib xromosomaning mikroskopik tuzilishi, mitoz va meyoz 
bo‘linishlarning hususiyatlari o‘rganiladi. Ana shu asosda hujayra molekulyar 
asosda o‘rganila boshladi. 
1953 yilda J.Uotson va F.Kriklar tomonidan jaxon fanida mashhur bo‘lgan 
kashfiyot, DNK ning tuzilishi modeli o‘rganilib chiqildi. 
1956-60 yillarda odam hujayrasidagi xromosomalarning o‘rganilishi va 
Sitologiyani o‘rganishning qator usullarining takomillanishi bu fanning taraqqiyoti 
uchun katta manba bo‘ldi. 
O‘zbekistonlik olimlar ham Sitologiya fanining rivojlanishiga o‘zlarining 
munosib hissalarini qo‘shdilar. Akademik J. O‘. O‘amidov raxbarligida endokrin 
bezlar va neyronlarga radiasiya ta’sirida bo‘ladigan morfofiziologik o‘zgarishlarini 
zamonaviy ilmiy usullar yordamida o‘rganilgan. Keyingi yillarda neyronlarning 
o‘sishi rivojlanishi va diffrensiyalanishini ta’minlaydigan muhim omillar, hayvon 


genlarinini boshqa urug‘langan tuxum hujayraga mikroineksiya usuli bilan 
o‘tkazish irsiyat omillaridan foydalanib irsiy kasalliklarni yo‘qotish va hayvon 
zotlarini tanlash hamda hujayra injeneriyasiga oid ilmiy tadqiqotlarini olib 
bormoqda. Akademik K. A. Zufarov o‘zbekistonda birinchi bo‘lib tibiiyot sohasida 
elektronmikroskopik, avtoradiografiya va sitokimyo usullarini joriy yetib, buyrak, 
oshqozon-ichak tizimining Sitologiyasi, sitokimyosi va elektronmikroskopiyasi 
o‘rganildi. Akademik B. O. Toshmuxamedov hujayra membranasining tuzilishi va 
funksiyalariga doir kashfiyotlarini yaratdi.
XXI-asrda Sitologiya molekulyar asosda rivojlanib biologiya fanlarining 
yangi tarmoqlari taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. 



Download 158.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling