Sitrqi” fakulteti “moliya-kredit” kafedrasi


Turon bank tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish


Download 0.69 Mb.
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1494769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
TURON hisobot (2)

1. Turon bank tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish.
Mijozlar va biznes bo’yicha hamkorlar oldidagi majburiyatlarning aniq bajarilishi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi bankka o’z obro’-e’tiborini doimiy ravishda oshirib borishga yordam bermoqda. Bankning barcha moliyaviy hisobotlari 1999 yildan boshlab xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan mustaqil tekshiruvdan o’tkazilmoqda. Bankning kreditga qodirligi va moliyaviy barqarorligi 2007 yildan boshlab xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlanmoqda.
Raqobatchilar orasida Bank o’zini biznes bo’yicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda o’sish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda o’z faoliyatini amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Korporativ boshqaruvi:
Samarali korporativ boshqarish bankning muvaffaqqiyatli faoliyatining muxim sharti xisoblanadi, barqaror rivojlanishni aniqlovchi, aksiyadorlar, mijozlar va boshqa aloqador shaxslarning xuquqlari va xaqlarini ximoya qiluvchi, moliyaviy tashkilotning faoliyatini oshirish soxasidagi eng muxim yo'nalishi bo'lib xizmat qiladi.
Bank faoliyati turli risklar bilan bog'likdir. Shu bois korporativ boshqarishga va ichki nazoratga mukammal yondashuv zaruriyati mavjud. Ichki nazoratning aniq tizimini o'rnatish uchun bank risklar tavsifining tuliq va doimiy baxolashini o'tkazadi.Bankda boshqarishning yuqori organi - aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, Bank Kengashi va mustaqil a'zolari, bank boshqaruvi, hamda Taftish Komissiyasi, Boshqaruv qoshidagi 5ta Qo'mita va Kengash qoshidagi Kengash a'zolari kiruvchi 5ta Qo'mitani o'z ichiga olgan korporativ boshqarishning mukammal tuzilmasi ishlamoqda.
Bank Kengashi qoshidagi Qo'mitalar:

  • Strategik rejalashtirish, rivojlantirish va korporativ boshqarish Qo'mitasi

  • Audit va risklar Qo'mitasi

  • Tayinlash va rag'batlantirish Qo'mitasi

  • Tavakallchilikni boshqarish qo'mitasi

  • Nizolarni boshqarish qo'mitasi


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling