Siydik-tanosil a’zolari


Download 1.2 Mb.
bet2/4
Sana22.12.2022
Hajmi1.2 Mb.
#1041100
1   2   3   4
Bog'liq
Siydik-tanosil a’zolari

BUYRAK

  • Buyrak (lot. ren, yunoncha nephris) loviya shaklida old va orqa tomonlari yassilangan, o‘rta yashar odamlarda 140–150 g ga teng bir juft (o‘ng va chap) a’zodir. Buyrak I–II bel umurtqalari tanasining ikki yonida, qorin bo‘shlig‘ining orqa tomonida muskul va diafragmaga tegib turadi. Qorin parda buyrakni faqat old tomonidan berkitadi. Qorin bo‘shlig‘i o‘ng tomonining yuqori qismida jigar joylashganligi uchun o‘ng buyrak chap buyrakka nisbatan pastroqda o‘rnashgan. Chap buyrakning yuqori uchi II, III bel umurtqalarining oralig‘iga to‘g‘ri keladi.
  • Buyrakning yuqori va pastki oxiri (extremitas superior et interior), medial va lateral cheti (margo medialis et lateralis) hamda oldingi va orqa yuzasi (facies anterior et posterior) tafovut qilinadi. Buyrakning lateral cheti qavariq, medial cheti esa botiq bo‘lib, uning o‘rtasi buyrak darvozasi (hilus renalis) deyiladi. Shu yerdan buyrakka arteriya qon tomiri kirib, vena, limfa tomirlari va siydik yo‘li chiqadi. Buyrak darvozasi tor bo‘shliqqa – sinus renalis ga ochiladi.

Ikki pallaga ajratilgan buyrakda jigar rang, qalinligi 4–5 mm keladigan buyrakning po‘stloq moddasi (cortex renis) va ichki tomonda alohida-alohida to‘dalashib, piramida shaklida joylashgan mag‘iz (oq) moddasini (medulla renis) ko‘rish mumkin.

  • Ikki pallaga ajratilgan buyrakda jigar rang, qalinligi 4–5 mm keladigan buyrakning po‘stloq moddasi (cortex renis) va ichki tomonda alohida-alohida to‘dalashib, piramida shaklida joylashgan mag‘iz (oq) moddasini (medulla renis) ko‘rish mumkin.
  • Piramidalarning (pyramides renales) keng tomoni buyrak po‘sti tomoniga, so‘rg‘ich (papillae renalis) shaklidagi uchi buyrak bo‘shlig‘iga qarab joylashgan. Piramidalar taxminan 1 mln. mayda kanalcha (nefron)lardan tuzilgan

Buyrak pardalari.

  • Buyrak fibroz to‘qimadan tuzilgan p a r d a – capsula fibrosa bilan o‘ralgan bo‘lib, uni tashqarisidan yog‘ qatlami (pardasi) qoplaydi. Yog‘li parda (capsula adiposa) ning qalin yoki yuqa bo‘lishi odamning semiz-oriqligiga bog‘liq. Yog‘li parda fasciya (fascia renalis) bilan o‘ralgan. Buyrakning o‘z joyida qimirlamasdan turishiga yuqorida aytib o‘tilgan pardalar va fastsiyadan tashqari, qorin bo‘shlig‘idagi bosim, buyrak qon tomirlari va buyrakka tegib turgan a’zolar katta yordam beradi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling