Siydik-tanosil a’zolari


Siydik organlarining rivojlanishi


Download 1.2 Mb.
bet4/4
Sana22.12.2022
Hajmi1.2 Mb.
#1041100
1   2   3   4
Bog'liq
Siydik-tanosil a’zolari

Siydik organlarining rivojlanishi


Buyrak rivojlanishida birin-ketin uchta chiqaruv organlarining hosil bo’lishini ko’rish mumkin.

Boshlang’ich

  • (tananing bosh qismida joylashgan bosh) buyrak – pronephros embrion rivojlanishining uchinchi haftalarida mezodermadan paydo bo’lgan. 5-7 kalta naychalardan tuzilgan. Bu naychalar qorin bo’shlig’ining orqa devorida joylashgan va ularning tashqi uchlariga qo’shilib, bitta umumiy yo’lni hosil qiladi. Naychalarning biroz kengaygan medial uchlari tananing ikkilamchi bo’shlig’iga (selom) tomon yo’nalgan. Odamda pronefroslar ishlamasdan to’rtinchi haftada yo’qoladi.

Birlamchi buyrak

  • mesonephros yoki Vol’f tanasi naychalari bosh buyrak naychalaridan pastroqda mezodermadan embrion rivojlanishining to’rtinchi haftalarida paydo bo’ladi. Naychalar uchi boy buyrakning umumiy yo’liga qo’shiladi, so’ngra bu yo’l birlamchi buyrak yo’li – mezonefral kanalga aylanib qoladi. Naychalarning ikkinchi (medial) uchlari borib haltacha shakliga aylanadi. Bu haltacha ichiga arteriya kapillyarlaridan hosil bo’lgan chigal koptokcha joylashadi. Haltacha bilan arteriya chigali burak tanasini paydo qiladi. Embrion o’sish davrida mezonefros kanalining yuqori qismida paydo bo’lgan buyrak tanachalari shimilib yo’qoladi, ular o’rniga yangi tanachalar paydo bo’ladi. Birlamchi buyrak embrionni ikki oylik davriga qadar chiqaruv vazifasini bajarib uchinchi davrida rivojlanayotgan doimiy buyrakka o’rin almashadi.

Doimiy buyrak


metanephros ikki qismdan rivojlanadi. Buyrak naychalari nefrotonlar (mezoderma) dan aholida rivojlanadi, keyinchalik ular siydik yig’uvchi naychalar bilan qo’shiladi va piramidasi hosil bo’ladi.

Adabiyotlar:

  • 1. «Нормал ва патологик анатомия билан физиология». Н.К. Ахмедов. Тошкенг 1990 й. 2. «Одам ва унинг Анатомияси» Б.Аминов; 'Г.Тилолов. Тошкент 1997 й. 3. «Морфология человека» В.П.Якимов 1989 й.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling