Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari


Download 306.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/23
Sana15.11.2023
Hajmi306.57 Kb.
#1776675
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
o\'tkir pielonefrit

Davolash. Bakteriemik shokda davolash quyidagi prinsiplar bo‘yicha 
o‘tkaziladi: 1) buyraklarning funksional qobiliyatini hisobga olgan holda keng 
doirada ta’sir qiluvchi antibiotiklar va kimyoviy antibakterial preparatlar yuqori 
dozada qo‘llaniladi: vena ichiga ftorxinolonlar (peflatsin, siprofloksatsin 0,4g dan 
kuniga 2 marta), mushak orasiga amikatsin (0,5g dan kuniga 2 marta), gentamitsin 
sulfat (40 mg dan kuniga 4 marta), sefalosporinlar (1g dan kuniga 4–6 marta) 
yuboriladi; 2) tomirlar kollapsiga qarshi vena ichiga tomchilatib gipertenziv 
vositalar (gidrokortizon yoki prednizolon kuniga 1000–2500 mg dan) kiritiladi. 
Ular vazopressor vositalar, past molekulali dekstran ta’sirini kuchaytiradi. 
Gematokritni hisobga olgan holda qon plazmasi, atsidoz va elektrolit buzilishlarini 
bartaraf qilish uchun dori–darmonlar buyuriladi; 3) antigistamin dorilar (diprazin, 
pipolfen) kuniga 2–3 marta 0,025 g dan ichish uchun, 2,5% li eritmasi 1–2 ml dan 
mushak orasiga, 0,5% li eritmasi 5–10 ml yoki 2,5% li eritmasi 2 ml dan vena 
ichiga, dimedrol kuniga 1–3 marta 0,03–0,0,5 g dan ichish uchun, 1% li eritmasi 1–
2 ml dan mushak orasiga yoki vena ichiga; suprastin kuniga 2–3 marta 0,025 g dan 
ichish uchun, 2 % li eritmasi 1–2 ml dan mushak orasiga yoki vena ichiga; geparin 
(5000 TB dan kuniga 3–4 marta) va boshqa antikoagulyantlar buyuriladi; 4) 
oksigenoterapiya o‘tkaziladi. 
SHunday qilib, bakteriemik shokni davolashning eng muhim joylari 
quyidagilar: 1) aylanib yurgan qon hajmini to‘ldirish (infuzion terapiya); 2) o‘rnini 
bosadigan gormonal terapiya o‘tkazish. 
Bakteriemik shokni oqibati yaxshi bo‘lishining zaruriy sharti dorilar bilan 
davolashni boshlash bilan bir vaqtning o‘zida buyrak jomini kateterlash orqali
siydik oqimini tiklash, kateterni o‘tkazib bo‘lmaydigan to‘siq bo‘lganda esa nefro– 
yoki pielostomiya yo‘li bilan siydik oqimini tiklash (ultratovush nazorati ostida 
teri orqali punksiyali nefrostomiya qilish afzalroq), darhol bemorni shokdan 
chiqarish hisoblanadi. Gemodinamik ko‘rsatgichlar doimiy bo‘lgandan va siydik 
oqimi tiklangandan keyin bakteriyalar va ularning toksinlari tezda eliminatsiya 


bo‘lishi uchun ekstrakorporal detoksikatsiya usullaridan (gemosorbsiya, 
plazmoferez, plazmosorbsiya) birortasini qo‘llash mumkin. 
 

Download 306.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling